Zapchastlardan yasalgan gnom
Eski tishli g'ildiraklar, zanjir va boltlardan nima yasash mumkin? Belaruslik haykaltarosh Vladimir Kanonik ulardan mana shunday haybatli gnom haykalini yaratdi.
Qo'lidagi ulkan cho'kich va har bir detaligacha ishlangan metall sovuti bilan bu qahramon xuddi kompyuter o'yinlaridan qochib chiqqandek. Haykalning o'lchamini yonida turgan muallifning bo'yidan ham bilsa bo'ladi.
Eng qizig'i, bu san'at asari oddiy yo'l bo'yidagi zapravka yonida turibdi.
Manba
@olamda_nima_gap
Post #1616
105
