Raqibini zaharlagan shaxmatchi
⚡️Shaxmatchi Amina Abakarova raqibini zaharlashga urinishda ayblanib, hibsga olindi.
➡️Dog'iston shaxmat chempionatida Abakarova Umayganat Osmanovaning taxtasiga simob surganini xavfsizlik kamerasi ko‘rsatgan. Osmanova zaharlanish belgilari bilan shifoxonaga yotqizilgan. Abakarova raqibini "qo‘rqitish" maqsadida bu ishni qilganini tan olgan.
👎Hozirda Abakarova hibsda va uch yilgacha qamoq jazosi olishi mumkin. Uning shaxmat faoliyati vaqtincha to‘xtatildi va umrbod taqiq qo‘yilishi ham mumkin.
🥈Zaharlanganiga qaramay, Osmanova sog‘ayib, musobaqani davom ettirdi va ikkinchi o‘rinni egalladi.
@OBODCHESS
Post #36
152
- 👍 2
- 😱 2