Spikerlarimiz bilan tanishtiramiz:
Saidolim Jo'rayev
Mavzu: SI davrida Shaxsiy ma'lumotlarni himoyalash
Saidolim Jo'rayev juda ko'plab O'zbek dasturchilarining ustozi, 25 yildan ortiq tajribaga ega mutaxassis, hozirda Moneff kompaniyasida IT Manager lavozimida faoliyat yurishadi. Bungacha juda ko'plab yirik loyihalarda ishtirok etishgan. Ko'pchiligimizga tanish Ustoz-Shogird loyihasi asoschisi. Sohamiz rivoji, yoshlarga ko'maklashishdan, qimmatli maslahatlar berishdan charchamaydigan samimiy inson. UzGeeks hamjamiyati a'zosi, community uchun ancha mehnati singan kishilardan.
Telegram kanallarida judayam foydali ma'lumotlar berib borishadi.
Tadbirda Saidolim aka o'ta dolzarb bo'lgan mavzuda gapirib, tajribalarini ulashadilar.
Barchangizni 25-aprel kuni UzGeeks hamjamiyatining 10 yilligi munosabati bilan o'tkazilayotgan “UzGeeks Conf 2026” tadbirida kutib qolamiz.
🗺Manzil: Muminov 4/1;
⏰Vaqt: 25-Aprel, 10:00.
@UzGeeksCommunity
Post #78
26