Bir martali stakan vs Keramik Stakan: Aslida nimaga loyiq ekanimizni unutmaylik
Bir necha yil oldin Simon Sinek aytib bergan hikoya esimga tushdi, Mudofaa vazirining sobiq o'rinbosari katta konferensiyada nutq so'zlaydi. Bir yil oldin, hali lavozimda bo'lganida, u biznes klassda uchgan, aeroportda kutib olingan, mehmonxonaga olib borilgan va qahvani chiroyli chinni finjonda uzatishgan.
Bu yil esa, lavozimdan ketgach, u ekonom klassda uchdi, yolg'iz taksiga o'tirdi va hech kim e'tibor bermagan holda kirib keldi. Qahvani unga oddit bir martalik stakanda berishdi.
Uning xulosasi oddiy, ammo o’ylantirib qo’yadi: chinni finjon hech qachon unga atalmagan edi. U egallab turgan lavozimga atalgan edi. Inson sifatida esa u bir martali stakanga loyiq edi.
Xulosa qilsak: Mansab, vakolatlar vaqtinchalik. Shaxsiyat, Insoniylik esa sizniki.
Biz ko'pincha lavozimimizga ko'rsatilgan hurmatni o'zimizga ko'rsatilgan hurmat deb adashamiz.
Unvonlar, kabinetlar va baland mansablar imtiyozlar bilan keladi va bu imtiyozlarni o'zimizning bir qismimiz deb o'ylash oson. Ammo unday emas. Bir kun hammasi ketadi, faqat inson o’zi, shaxsiyati qoladi.
Shuning uchun o'zingizga sodiq qoling. Hech kim ko'rmayotganda ham mehribon bo'ling. Haydovchiga, farroshga va direktorga bir xil hurmat ko'rsating. Munosabatlarni insonlarni unvoniga emas, shaxsiyatiga qarating.
Hayot sizga chinni finjon tutganda, undan minnatdorlik bilan bahramand bo'ling, lekin unutmang: siz aslida bir martali stakanga loyiq bo'lishingiz mumkin.
Kamtarlik o'zingizni past baholash emas. Bu har doim aslisa kim ekaningizni yodda tutishdir.
Video: https://youtu.be/jQpOA5AZbx0
@nuruddinblogs
Post #5297
1.83K