TGViewer
Channel Public Channel
NurStudio | Dasturlar

NurStudio | Dasturlar

@nurstudio

Bu yerda hammasi:

@Nursaidovuz | @FlutterDasturchi
Subscribers
707
Photos
17
Videos
3
Links
38

Showing posts older than #82 · Back to latest

Older Posts 17 shown
Post #80 2.13K

Forwarded from Nursaidov.uz

Python darslar.apk8.5 MB
❗️ Pythonni bepul va innovatsion usulda o'rganish tizimining WEB va MOBIL ilovasini YANGILADIK ❗️

Hozirda boshlovchilar uchun 26 ta dars mavjud. Eng yaxshi jihati shundaki, faqat 1-darsni tugatgandan so‘nggina 2-darsga o‘tish mumkin. Bu yondashuv o‘qish jarayonini samarali va tartibli qiladi, bilimlarni mustahkamlaydi hamda o‘z muvaffaqiyatini kuzatish imkoniyatini yaratadi.

Ilovani o'rnata olmasangiz, quyidagi qo'llanmadan foydalaning. Faningizdan shunaqa ilovalar kerak bo'lsa, murojaat qiling.

@Nursaidovuz
Post #79 1.87K

Forwarded from Nursaidov.uz

Zikr qiling.apk8.6 MB
Tasbeh dasturining mobil ilovasi ishlab chiqildi.

Tasbeh mobil ilovasi
- Zikrlarni oson va aniq hisoblash uchun mo‘ljallangan. O'zingiz xohlagancha zikrlarni qo'shib borishingiz mumkin.

Ilovani o'rnata olmasangiz, quyidagi qo'llanmadan foydalaning.

@Nursaidovuz
Post #78 1.74K

Forwarded from Nursaidov.uz

Tasbeh dasturining web ilovasi ishlab chiqildi.

Tasbeh tizimi
- Zikrlarni oson va aniq hisoblash uchun mo‘ljallangan. Kundalik ibodatlaringizni tartibga solish va ma'naviy rivojlanishingizni qo‘llab-quvvatlash uchun ideal yechim. O'zingiz xohlagancha zikrlarni qo'shib borishingiz mumkin.

➡️ Foydalaning: Nursaidov.uz/zikr

Yaqin kunlarda mobil ilovasini ham kanalimizga joylashtiramiz. In shaa Alloh!

@Nursaidovuz
Post #77 1.86K

Forwarded from Nursaidov.uz

Saytni bloklovchi.bat2.5 KB
🛡Zararli yoki har qanday SAYT va IP-manzillarni bloklash tizimini ishlab chiqdik.

Sayt va IP-manzillarni bloklash tizimi, zararli yoki nomaqbul saytlarni bloklash orqali farzandlar xavfsizligini ta'minlash, tarmoq xavfsizligini mustahkamlash, bolalarning ijtimoiy tarmoqlarga va zararli kontentga kirishini cheklash, IT boshqaruvchilar uchun qulay boshqaruv imkoniyati yaratish, domen va IP-manzillarni avtomatik aniqlab bloklash, foydalanuvchi uchun oddiy menyu orqali boshqarish kabi imkoniyatlarni taqdim etadi.

➡️ O'rganing: https://youtu.be/IFUSX5NFkcU

@Nursaidovuz
Post #76 1.88K

Forwarded from Nursaidov.uz

Biologik izohli lug‘at _2_1.1.apk225.8 KB
📲 Termiz davlat universiteti tabiiy fanlar fakultetida raqamli "biologik izohli lug‘at" tizimining mobil ilovasi ishlab chiqildi

Ushbu lug‘at biologik atamalarni tezkor topish va oson tushunishga yordam beradi hamda talabalarning dars jarayonidagi samaradorligini oshiradi.

Hozirda tizimga 25 mingdan ortiq biologiyaga oid so'zlar va ularning izohlarini kiritish ishlari davom etmoqda. Tez orada ushbu tizimni Play market do'konidan yuklab olish imkoniyatini taqdim etamiz. O'rnata olmasangiz quyida qo'llanma orqali o'rganing.

@Nursaidovuz | @Himmatovuz
Post #74 2.01K

Forwarded from Nursaidov.uz

🆕 Kutib oling! Bolajonlarimiz uchun o'zbek tilidagi harflarni o'rgatadigan o'yinni taqdim etamiz.

Ushbu o'yin - bolalarning o'zbek tilidagi harf tanishligi va tezkorlik, esda saqlash ko'nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan. O'yinda, o'rtada joylashgan (otuvchi) yordamida ekran ustiga kelayotgan harflarni A dan boshlab otish talab etiladi. Har bir to'g'ri otishdan so'ng, keyingi harf ketma-ketligi chiqadi va bolalar bu ketma-ketlikni eslab qolishlari kerak bo'ladi. Agar noto'g'ri harf otilsa yoki harf ekranning pastiga yetib borsa, o'yin tugaydi va qayta boshlanadi.

➡️O'yinni boshlang: nursaidov.uz/alifbo/

Ushbu o'yinni keyingi qismlarini ham chiqarishni boshlaymiz. Kompyuterda o'ynash yaxshiroq, mobil telefonlarga qaraganda. Hozircha). Esingizda bo'lsa 2 yil oldin o'zbekcha MARIO o'yinini boshlagandik. Afsuski shu o'yin to'xtab qolgandi.

@Nursaidovuz
Post #73 1.74K

Forwarded from Nursaidov.uz

📍Bunaqasi hali bo'lmagan. Bizni oylar davomida qiynagan Krossvord tizimi tayyor bo'ldi.

Interaktiv krossvord tizimi orqali talaba va o'quvchilar savollarga qarab krossvordlar yechishadi va javoblari avtomatik tekshiriladi. Savollarni, foydalanuvchilarni boshqarish uchun admin panel mavjud. Darslaringizni samarali va qiziqarli qiling!

➡️ Sinab ko'ring: Nursaidov.uz/kros/kros.html

❗️Natijalarni ko'ring: Nursaidov.uz/kros

🗣️ Ushbu tizimni bor yo'g'i 499 ming so'mga o'rnatib beramiz. Xohlagancha va bir umr cheksiz foydalanishingiz mumkin. Ushbu tizim takomillashtirilib boriladi. Sotib olganlarga tekin yoki ozroq qiymat evaziga yangilab beriladi.

@Nursaidovuz
Post #71 1.9K

Forwarded from Nursaidov.uz

☄️ Kutib oling. Raqamli savol tizimi ishga tushirildi.

Raqamli savol tizimi orqali talabalar raqamlarni tanlab, qiyinlik darajasiga qarab savollar olishadi va javoblari avtomatik baholanadi. Har bir tanlov yangi savollar bilan jarayonni qiziqarli qiladi. Savollarni, foydalanuvchilarni boshqarish uchun admin panel mavjud. Darslaringizni samarali va qiziqarli qiling!

🖥 Sinab ko'ring: Nursaidov.uz/duel/savol.html

❗️Natijalarni ko'ring: Nursaidov.uz/duel

💡Ushbu tizimni bor yo'g'i 399 ming so'mga o'rnatib beramiz. Xohlagancha va bir umr cheksiz ishlatishingiz mumkin. Agar test dasturini olgan bo'lsangiz 100 ming chegirmasi bor. Shunda 299 ming so'm bo'ladi

@Nursaidovuz
Post #70 1.83K

Forwarded from Nursaidov.uz

⚠️ Innovatsion QR kodli test tizimini - 499 ming so'm qilib belgiladik va siz so'ragan barcha imkoniyatlar qo'shildi.

1. Testni exceldan import(qo'shish) funksiyasi qo'shildi
2. O'qituvchi turli savollardan iborat testlarni o'zi ham kiritishi mumkin
3. Savollarni va foydalanuvchilarni alohida yoki to'liq o'chirish imkoniyati
4. Test uchun vaqt cheklovini o'rnatish va talabalarni vaqt ichida ishlashga undash.
5. Talabalar natijalarini ko'rish va ularni tahlil qilish imkoniyati
6. QR kod yoki havola orqali talabalarni testga yo'naltirish
7. Testlarning aralashib tushishi
8. Testlarni 100 ta kiritib, foydalanuvchilarga masalan 20 tasini yoki siz xohlagancha chiqarish imkoniyati
9. Testlarni nusxalash imkoniyati o'chirildi
10. Testda har qanday belgilar qo'shishdagi muammo tuzatildi

O'qituvchi-professorlar, repititorlar va boshqalarga ulashing. Oldin sotib olganlar faqat o'sha summani ayirib, qolganini berishadi. Namuna

Murojaat uchun: @Nursaidovman

@Nursaidovuz
Post #69 1.88K

Forwarded from Nursaidov.uz

🔈 Kutib oling! So'zlarni oson yodlash tizimi ishlab chiqildi

Endi so'zlarni yod olishga qiynalmaysiz, chunki ularni o‘zingiz tizimga kiritasiz va har xil metodlarda aynan shu so‘zlarni qayta-qayta o‘rganasiz. Bunday qulaylik hali bo‘lmagan! Sizning til o‘rganish tizimingiz so‘zlarni qo‘shish va o‘chirish, flashkartlar orqali mashq qilish, interaktiv testlar orqali bilimlarni mustahkamlash va o‘z progressingizni kuzatish imkoniyatini beradi. Shu orqali yangi tilni o‘rganish qiziqarli va samarali bo‘ladi!

➡️ Nursaidov.uz/word

✅ https://youtu.be/4eMr4_c1ct4

@Nursaidovuz
Post #66 2.34K

Forwarded from Nursaidov.uz

Test tuzuvchi.apk17.9 MB
Kutib oling. Android qurilmalari uchun "Test tuzuvchi" dasturi

Test tuzuvchi dasturi orqali barcha fanlardan yoki mavzulardan savollarni kiritib test holatida ishlashingiz mumkin.

Masalan: Ingliz tilidan bugun 30 ta so'z yodlashingiz kerak. Ushbu so'zlarni Test tuzuvchi dastur orqali birma-birma kiritib test holatida bajarishingiz mumkin.

Bunda so'zlarni yozasiz, o'qiysiz va test holatida ishlasangiz ushbu so'zlar miyangizda bir umr saqlanib qoladi.

Keraksiz bo'limlarni chap yoki o'ngga surish orqali o'chirib tashlashingiz mumkin.

@Nursaidovuz
Post #63 2.1K

Forwarded from Nursaidov.uz

Dasturlashdan +> muhandislikka!

Rele yordamida motor yo‘nalishini oldinga harakatlantirish juda oson lekin orqaga harakatlantirishda bizga 2 ta rele yoki tranzistordan foydalanishni maslahat berishdi. Lekin bitta rele orqali biz buni uddaladik. Bu yondashuv H-ko‘prik sxemasi orqali amalga oshirildi, bu esa teskari oqim bilan motorni orqaga harakatlantirish imkonini berdi.

Bundan tashqari, 0 dan yasalgan dron va telefon orqali boshqariladigan avtomobil loyihalari ustida ishlayapmiz. Tez kunlarda kamera va sun'iy intellekt orqali ko‘p vazifalarni bajaradigan loyihalarimizni taqdim etamiz.

@Nursaidovuz
Post #62 1.84K

Forwarded from Nursaidov.uz

Rasmlardagi matnlarni tanib olish va ajratib oluvchi dasturdan foydalanib ko'ring.

Foydalanuvchilar turli tillardagi(o'zbek tili ham bor) rasmlarni yuklab, ularni matnga aylantirishni so'rashi mumkin. Tizim, tanib olish jarayonini foizlar bilan ko'rsatib beradi, bu esa foydalanuvchilarga jarayon haqida vizual tasavvur beradi.

Ushbu tizimni takomillashtirib boramiz.

Foydalanish: https://nursaidov.uz/txt/

Videoda to'liq. https://youtu.be/caPDJqgLg9g

@Nursaidovuz
Post #59 15.8K
Ushbu tizim talabalarga quyidagi jihatlarda yordam beradi:

DNS va IP-manzillarni tushunish: Talabalar domenlarning texnik jihatlarini o'rganishlari mumkin.
Tarmoq diagnostikasi: Traceroute orqali tarmoqdagi muammolarni aniqlash va bartaraf etishni o'rganishadi.
Ro'yxatga olish ma'lumotlari: WHOIS ma'lumotlari orqali domenlarning ro'yxatdan o'tish tarixini bilib olishlari mumkin.
Amaliy tajriba: Tizimni foydalanish orqali tarmoq va domenlar haqida amaliy bilimlarni oshiradilar.

t.me/nurstudio
Older posts →
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →