😎 “VATAN TAYANCHI” HARAKATI FAOL A’ZOLARIGA KO‘KRAK NISHONLARI TOPSHIRILDI
✅ Nurafshon shahridagi “Vatanparvar” bog‘ida “Vatan tayanchi” harakatining faol a’zolariga maxsus ko‘krak nishonlarini topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda viloyat Mudofaa ishlari boshqarmasi va Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi vakillari, nuroniylar, Qurolli Kuchlar faxriylari hamda o‘quvchi-yoshlar ishtirok etdilar.
📝 Tadbirda yosh avlodni Vatanga muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalash, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, harbiy-vatanparvarlik qadriyatlarini mustahkamlash, shuningdek, yoshlar o‘rtasida intizom, tashabbuskorlik va ijtimoiy faollikni oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
🐍 Marosimning muhim qismida “Vatan tayanchi” harakatiga yangi qo‘shilgan yoshlar tantanali ravishda qasamyod qabul qildilar. Harakat faoliyatida faol ishtirok etib, namunali xulqi va intizomi bilan tengdoshlariga ibrat bo‘lib kelayotgan yoshlarga maxsus ko‘krak nishonlari tantanali ravishda topshirildi.
🏛Nurafshon shahridagi Prezident maktabining rasmiy sahifalari:
🌐Telegram | 🌐 Instagram | 🌐 Facebook | 📹 YouTube
Post #9237
564






- 👍 4
- 🔥 4