Allohni unutmoq, fosiqlik
va nifoq haqida
Bir ayol Hasan Basriy huzuriga kelib shunday dedi: «Mening yosh
qizim vafot etgan edi. Uni tushimda ko‘rishni juda xohlayman. Menga shunday bir amal o‘rgatingki, uni tushimda ko‘ray». Hasan Basriy unga bir amal o‘rgatdilar. Ayol qizini tushida ko‘rdi. Ammo qiz ustida qatron (qora, yonuvchi modda)dan kiyim, bo‘ynida zanjir, oyog‘ida kishan bilan azobda edi. Ayol bu holni Hasan Basriyga aytgach, u zot qattiq xafa bo‘ldilar. Oradan bir muddat o‘tgach, Hasan Basriy tushida o‘sha qizni jannatda ko‘rdilar. Uning boshida toj bor edi. Qiz dedi: «Ey Hasan, meni tanimadingizmi? Men sizning oldingizga kelgan ayolning qiziman». Hasan Basriy so‘radi: «Seni bu darajaga nima yetkazdi?». Qiz shunday dedi: «Bir kuni qabriston yonidan bir kishi o‘tib, Payg‘ambarimizga salovot aytdi. Qabristonda besh yuz ellik kishi azobda edi. Shunda nido bo‘ldi: «Bu odamning salovoti barakasi bilan ulardan azobni ko‘taringlar». Bir marta salovot aytilgani sabab ularning barchasi mag‘firat qilindi. Endi aytinchi, ellik yil davomida Payg‘ambarimizga salovot aytgan kishi, qiyomat kuni uning shafoatiga kanday erishmasin?».
@nigorabooklover
Post #1398
1.09K

- 😢 27
- ❤ 23
- 👍 11
- 🔥 10
- 💘 4
- ❤🔥 3
- 🥰 1