SAT'ga YANGI BALL qo'shilmoqda!
College Board rasman e'lon qildi: 2027-yil bahoridan boshlab SAT natijalarida alohida Science Score ko'rsatiladi.
Eng muhimi:
• Yangi bo'lim yo'q
• Qo'shimcha vaqt yo'q
• Ixtiyoriy qo'shimcha test yo'q
Unda ball qayerdan olinadi?
Bu cross-test score, ya'ni testda allaqachon bor Reading, Writing va Math savollaridan hisoblanadi. U fan bo'yicha asosiy ko'nikmalaringizni va fanga kerak bo'ladigan matematik bilimlaringizni o'lchaydi.
Bu siz uchun nimani anglatadi?
i. Ilmiy mavzudagi matnlarga (tajriba, gipoteza, xulosa) jiddiyroq qarang
ii. Jadval va grafiklarni o'qishni ko'proq mashq qiling
iii. STEM yo'nalishiga topshirayotgan bo'lsangiz, bu ball arizangizda qo'shimcha kuchli signal bo'lishi mumkin.
Yangilik 2027-yil bahori va undan keyingi testlarga tegishli.
#SAT #CollegeBoard
🕊 Sizga ham naseeb qilsin!
@naseeb_edu
Post #151
2.63K

- 💊 13
- 🎉 4