TGViewer
MyID MyID @myid_uz · 3.14K subscribers
Post #127 841
Biz barcha fuqarolar, jumladan, imkoniyati cheklangan shaxslar uchun raqamli xizmatlardan foydalanish imkoniyati masalalariga katta e’tibor qaratamiz va biometrik texnologiyalardan foydalanish imkoniyati bilan bog‘liq har bir murojaatni hurmat bilan ko‘rib chiqamiz.

Shu bilan birga, raqamli biometrik identifikatsiya bir vaqtning o‘zida qulaylik, xavfsizlik va ishonchlilik talablariga javob berishi kerakligini hisobga olish muhim. Ushbu texnologiyalar qo‘llanilishi O‘zbekiston Respublikasining axborot xavfsizligi va shaxsga doir ma’lumotlarni himoya qilish sohasidagi qonunchiligi bilan tartibga solinadi.

Mazkur texnologiyalarning asosiy vazifalaridan biri foydalanuvchining o‘zini - uning shaxsiy ma’lumotlarini, qaydnomalarini va o‘z nomidan yuridik ahamiyatga ega harakatlarni amalga oshirish imkoniyatini himoya qilishdan iborat. Shu sababli, raqamli identifikatsiya jarayonlarini tashkil etishda xizmatlardan ruxsatsiz foydalanish, fuqarolarning shaxsini soxtalashtirish va boshqa firibgarlik harakatlarining oldini olishga qaratilgan choralar qo‘llaniladi.

Firibgarlik sxemalarining doimiy rivojlanishi va yanada murakkablashishi natijasida bunday mexanizmlarning ishonchliligiga qo‘yiladigan talablar alohida ahamiyat kasb etmoqda. Tizim foydalanuvchining identifikatsiya jarayonida bevosita ishtiroki faktini real vaqt rejimida tasdiqlashi shart.

Yagona integrator UZINFOCOM inklyuzivlik va qulaylikni o‘z yechimlarini yanada rivojlantirishning muhim yo‘nalishlari deb biladi va raqamli identifikatsiyaning zarur darajadagi xavfsizligi va ishonchliligini saqlab qolgan holda foydalanuvchilar imkoniyatlarini kengaytirishga imkon beruvchi mexanizmlarni joriy etishni qo‘llab-quvvatlaydi.
  • 👏 75
  • 👍 67
  • 🔥 64
  • ❤ 2
  • 🙏 1
More from @myid_uz
  1. Oct 8, 2026Мы внимательно относимся к вопросам доступности цифровых сервисов для всех граждан, включа…
  2. Oct 8, 2026📢 MyID foydalanuvchilari uchun yangilik! Endi MyID bo‘yicha yordam olish yanada oson. Aga…
  3. Oct 6, 2026☑MyID Vision iBeta PAD Level 2 mustaqil testidan muvaffaqiyatli o‘tdi va ISO/IEC 30107-3 t…
  4. Sep 30, 2026ICTWEEK Uzbekistan 2026 davomida MyID biometrik to‘lovni real foydalanuvchi ssenariysida n…
  5. Sep 23, 2026🔥 ICTWEEK Uzbekistan 2026’da biometrik to‘lovni shunchaki tomosha qilmang — uni o‘zingiz…
  6. Sep 1, 2026🎉35 yil — bu shunchaki taqvimdagi sana emas. Bu birgalikda bosib o‘tilgan yo‘l, bugungi O…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →