🔥 O’zbekiston media bozoridagi eng yirik xalqaro tadbirda ishtirok etmoqda!
🌍 Fransiyaning Kann shahrida o‘tayotgan 100 dan ortiq davlat, jami 10 000 dan ziyod ishtirokchini birlashtirgan MIPCOM xalqaro kontent bozorida Kontent markazi jamoasi ham qatnashmoqda. Tadbir 350 dan ortiq ko‘rgazmachilar va 3 300 tadan ko’proq kontent xaridorini birlashtiradi.
🤝 Unda O’zbekiston delegatsiyasi a’zolari Xitoy, Yaponiya, Turkiya, Hindiston, Singapur va Meksikaning 10 dan ortiq kompaniyasi bilan hamkorlik masalalarini muhokama qildi. Ular 2027-yil 4–5-fevralda bo‘lib o‘tadigan Tashkent Content Market tadbiriga rasman taklif etildi.
🏛 Turkiya, Malayziya, Braziliya va Qatarning media sohasiga mas’ul yirik davlat tashkilotlari bilan ularning yetakchi kompaniyalarini Toshkentga jalb qilish va TCMda stendlar tashkil etish bo‘yicha muzokaralar o‘tkazildi.
🎬 Shuningdek, “CapCut” vakillari bilan esa TCM forumlarida spiker sifatida qatnashish imkoniyatlari ko‘rib chiqildi. MIPCOM tadbiri 15-oktabrgacha davom etadi.
Do’stlaringizga ulashing ✈️
➖ ➖ ➖ ➖ ➖ ➖ ➖
✅ Telegram | 🌐 Instagram
💬 Facebook | 📹 You Tube
Post #39837
2.2K