TGViewer
MY5 TV MY5 TV @my5tv · 53.7K subscribers
Post #39783 1.35K
Prezident Shavkat Mirziyoyevning MDH davlat rahbarlari kengashining kengaytirilgan majlisidagi nutqidan asosiy fikrlar:

📌“Hamdo‘stlikda raislik qilish biz uchun, avvalo, umumiy ishimizga o‘z hissamizni qo‘shish, yangi g‘oyalarni taklif etish hamda bugungi kunda chindan ham muhim bo‘lgan yo‘nalishlarni birgalikda rivojlantirish imkoniyati demakdir”;

📌O‘zbekiston kelgusi yili iqtisodiyot, yangi texnologiyalar, transport, xavfsizlik, ta’lim, ilm-fan va inson salohiyatini rivojlantirish masalalarini e’tibor markaziga qo‘yish niyatida;

📌Raislik konsepsiyasi va Tadbirlar rejasi ustidagi ishlar yakunlanmoqda. Ularda hozirning o‘zidayoq yuzdan ortiq aniq chora-tadbirlar ko‘zda tutilgan;

📌Hamdo‘stlik doirasidagi siyosiy muloqotga alohida e’tibor qaratish zarurligi ko‘rsatib o‘tildi. Har qanday masalani muhokama qilish, o‘zaro tinglash hamda barchaga maqbul bo‘lgan yechimlarni izlash imkoniyatini saqlab qolish o‘ta muhimligi qayd etildi;

📌Iqtisodiyotda asosiy e’tiborni sanoat kooperatsiyasiga qaratish taklif etildi. Salohiyatlarni birlashtirish, qo‘shma ishlab chiqarishlarni tashkil etish va barqaror yetkazib berish zanjirlarini shakllantirish barcha ishtirokchilar uchun sezilarli natijalar beradi;

📌Salohiyatni birlashtirib, qo‘shma ishlab chiqarish quvvatlarini yaratish va barqaror yetkazib berish zanjirlarini yo‘lga qo‘yish natijasi hammaga yanada maqbul bo‘lishi ta’kidlandi;

📌Mamlakatlar o‘rtasidagi savdo-sotiqqa hamon xalaqit berib kelayotgan to‘siqlarni bartaraf etish muhim ahamiyatga ega ekani qayd etildi;

📌Raqamli texnologiyalardan biznesda foydalanishni kengaytirish, elektron tijoratni rivojlantirish muhimligi bildirildi;

📌Yaqin yillarda mamlakatlar iqtisodiyoti raqobatbardoshligini oshirish bilan bog‘liq bo‘ladigan muhim minerallar, sun’iy intellekt, robotlashtirish, yangi materiallar va zamonaviy energetika texnologiyalari sohalarida birgalikda ishlash zarurligi ko‘rsatib o‘tildi;

📌Tranzit tartib-taomillarini soddalashtirish hamda qulay, xavfsiz va iqtisodiy jihatdan manfaatli bo‘lgan yo‘nalishlarni yaratish muhimligi qayd etildi;

📌O‘zbekiston Markaziy Osiyo transport tarmog‘i MDH makonida va uning tashqarisidagi umumiy aloqalar tizimining muhim qismiga aylanishidan manfaatdor;

📌O‘zbekiston raisligi davrida xavfsizlik va barqarorlik eng muhim sohalardan biri bo‘lib qoladi. MDHning sohaviy organlari ishini va mamlakatlarning umumiy tahdidlarga qarshi kurashish borasidagi sa’y-harakatlarini qo‘llab-quvvatlash ko‘zda tutilgan;

📌Kiberjinoyatchilik doimiy e’tibor hamda mamlakatlar o‘rtasida yaqin hamkorlikni talab etishi ta’kidlandi;

📌Mamlakatlarning inson va intellektual salohiyati zamonaviy ishlab chiqarish quvvatlari, innovatsiyalar va yangi ish o‘rinlarini yaratishga xizmat qiladigan sharoitlarni yaratish zarurligi qayd etildi;

📌“Raislik davridan samaradorligini isbotlagan barcha yutuqlarni saqlab qolish va shu bilan birga, bugungi kunda yangi yechimlar topish zarur bo‘layotgan yo‘nalishlar rivojiga qo‘shimcha sur’at bag‘ishlash uchun foydalanish niyatidamiz”.

Do’stlaringizga ulashing ✈️
➖ ➖ ➖ ➖ ➖ ➖ ➖
✅ Telegram | 🌐 Instagram
💬 Facebook | 📹 You Tube
  • ❤ 4
More from @my5tv
  1. Oct 9, 2026«Sevaman» deyish oson. Ishonchni asrash-chi? 💔 Sabina va Rustamning hikoyasi sizni ham be…
  2. Oct 9, 2026🇺🇿 Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Buyuk Britaniyaning savdo boʻy…
  3. Oct 9, 2026💔 Sen meni sog‘inmadingmi? 🌀 “DEJAVYU” — fantastik seriali 📺Bugun, soat 23:40 da #milli…
  4. Oct 9, 2026😱 Samira afsusdami? 💔”Majruh sevgi" milliy seriali 🗓 Bugun, soat 21:40 da #milliyserial…
  5. Oct 9, 2026🤔 Maqsadim — sen bilan baxtli bo‘lish 📺 “Tujjor” — yangi milliy seriali 📺 Bugun, soat 1…
  6. Oct 9, 2026😔 “Oila siri” 🎬 "Taqdir zarbalari” telenovellasini o‘tkazib yubormang! 🤩Bugun ⏰ 19:00 d…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →