100 ta maktabda ayrim fanlar to‘liq ingliz tilida o‘qitiladi
Yangi o‘quv yilidan boshlab 100 ta maktabning bittadan sinfida matematika, informatika va tabiiy fanlarni to‘liq ingliz tilida o‘qitish yo‘lga qo‘yiladi.
Prezident Shavkat Mirziyoyevning ma’lum qilishicha, ushbu loyihaga jalb etilgan o‘qituvchilar hamda maktabga tayyorlov guruhi pedagoglarining oylik maoshiga 100 foiz ustama to‘lanadi.
Davlat rahbari bu tashabbus bolalarning chet tillarini o‘rganishga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirishini ta’kidladi.
Do’stlaringizga ulashing ✈️
➖ ➖ ➖ ➖ ➖ ➖ ➖
✅ Telegram | 🌐 Instagram
💬 Facebook | 📹 You Tube
Post #39651
1.44K