Describe a teacher who inspired you.
Ko’pchilik obunachi do’stlarimiz English teacher variantini tanlashibdi.
Shaxsan men esa bu savolga kuratorimni tasvirlagan bo’lardim.
Albatta, meni ruhlantirgan ustozlar juda ko’p. Lekin kuratorimni o’rni boshqacha.
Kuratorimiz bizni 1-sinfdan to 11-sinfgacha o’zlari olib chiqqanlar. Naqd O’N BIR YIL bitta kurator qo’l ostida bilim va tarbiya ko’rganmiz.
Ismlari — Yakubova Muattar Ubaydullayevna!
Aynan shu ustoz menda ingliz tiligayam, matematikagayam, tarix-u geografiyagayam qiziqishimni uyg’otganlar.
Aynan shu ustoz doimo ota-onam bilan aloqada bo’lib, ijobiy hislatlarimni aytib maqtab, ota-onamdan iliq gaplar eshitib xursand bo’lishimga sababchi bo’lganlar.
Aynan shu ustoz doimo ota-onam bilan aloqada bo’lib, xatolarim va sho’xliklarimni chiroyli tushuntirib, xulqim buzilib yomon yo’llarga kirib qolishimni oldini olganlar.
Aynan shu ustoz meni sinf sardori etib tayinlab, mas’uliyat nimaligini o’rgatganlar.
Aynan shu ustoz, muzeylarga, kinolarga, Samarqand-u boshqa shaharlarga school triplar uyushtirganda, menda moliyaviy muammo borligini sezib, “eng a’lochi va namunali o’quvchilarimizga maktab o’z hisobidan to’lab beryapti” deb, sinfdoshlarini qatoridan qolmasin deb sayohatlarda bepulga qatnashish taklifini berganlar.
Aynan shu ustoz qo’shimcha kurslarda o’qiyotganimda maktab darslaridan maksimal ozod qilib berganlar.
Hayotimni har qadamida meni tushunganlar, men haqimda qayg’urganlar, yutuqlarimdan sevinganlar, omadsizliklarimda qo’llab-quvvatlaganlar. Borlarini berganlar.
Xullas, aynan shu ustoz men va boshqa sinfdoshlarimni kelajagi uchun hammadan ko’p qayg’urganlar.
Balkim hattoki ota-onalarimizdanda ko’proq.
Kuratorim uchun 1 dona “❤️” ayamang.
Post #2327
3.31K
Recent Speaking Questions Qaysi teacheriz haqida gapirgan bo’lardiz?

- ❤ 224
- 🔥 13
- 👏 10
- ❤🔥 9
- ⚡ 3