Bugungi yaxshi xabar: hozirgina bir yirik kurslarni sotadigan kompaniya bilan kurslar lokalizatsiyasi bo'yicha (dublyaj, subtitrlar tarjimasi) kelishuvga erishdik. Xorijiy kurslarni endi o'zbekchada ko'radigan qilamiz.
Saytimizda qoldirilgan, qoraqalpoq tiliga oid bo'lgan feedback'larni bir joyga yig'ib, Claude Code'ga analiz uchun berdim. Uni esa oldin tarjima servisimizga uladim. Feedback'larga asoslanib hozir kodimni to'g'rilashni boshlayapti.
Katta harf va kichkina harflar qiziq. O'zbek tilida bular bor, lekin koreys, xitoy yoki arab tilida bular yo'q. Bu nimani anglatadi? Demak yozma nutq uchun katta/kichik harflar bor/yo'qligi katta rol o'ynamaydimi? Olib tashlasa bo'larkan-da demak?