TGViewer
Muhammadsaid - Blog Muhammadsaid - Blog @muhammadsaid_dev · 1.76K subscribers
Post #953 1.06K
Backend dasturchilari va IT talabalari uchun: Yandex Uzbekistan bepul Dev Camp dasturiga qabul boshladi.

10–31 oktyabr kunlari Toshkentda backend dasturlash, algoritmlar va AI bo‘yicha uch haftalik intensiv bo‘lib o‘tadi.
Qizig‘i shundaki, bu shunchaki o‘quv dasturi emas.

Ishtirokchilar Yandex dasturchilari va timlidlari bilan muloqot qilish imkoniga ega bo‘ladi. Eng yaxshi ishtirokchilar esa amaliyotga qabul uchun qisqartirilgan saralovdan o‘tish imkoniyatini qo‘lga kiritadi.

👍 Yosh va ish tajribasiga nisbatan qat’iy talablar yo‘q. Dasturning asosiy auditoriyasi IT yo‘nalishlarida tahsil olayotgan talabalar va yaqinda universitetni tamomlagan bitiruvchilar.
Ishtirok etish — bepul.

O‘zbekiston hududlaridan eng yaxshi ishtirokchilarning Toshkentga borib-kelish xarajatlari va yashashi ham Yandex tomonidan qoplanadi.

👉 Arizalar 30 sentyabrga qadar qabul qilinadi.
Ishtirok etish uchun ariza topshirish va kirish topshirig‘ini bajarish kerak.


@muhammadsaid_dev
  • ❤ 5
More from @muhammadsaid_dev
  1. Sep 25, 2026Muhammadsaid sizga So‘ztop yashirdi! 6 ta harfli so‘zni 6 ta urinishda toping. 🟩🟩🟩🟩🟩�…
  2. Sep 24, 2026Starting from tomorrow, during only few days you have chance to win 🏆 Apply
  3. Sep 22, 2026Yandex Startup Party
  4. Sep 22, 2026Post #970
  5. Sep 18, 2026Manba
  6. Sep 18, 2026Hozir ofisimiz Seoul Plaza degan biznes markazda. Ushbu markazda azaldan beri viza agentli…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →