TGViewer
Muhammadsaid - Blog Muhammadsaid - Blog @muhammadsaid_dev · 1.76K subscribers
Post #945 2.12K
ML sohasini puxta o‘rganish va AI yo‘nalishida o‘zini sinab ko‘rishni istaganlar uchun yaxshi imkoniyat

Yandex ML School Uzbekistan Machine Learning va sun’iy intellekt bo‘yicha bepul bir yillik dasturning yangi bosqichiga qabul boshladi. Bu yil dasturga jami 35 nafar ishtirokchi qabul qilinadi. Dastur doirasida ishtirokchilar Machine Learning, Deep Learning, Computer Vision, NLP, LLM va Reinforcement Learning yo‘nalishlarini o‘rganadi. Shuningdek, ML sohasida mustahkam matematik baza shakllantiriladi. Nazariy bilimlar bilan bir qatorda ishtirokchilar uy vazifalarini bajaradi, amaliy topshiriqlar ustida ishlaydi va o‘qituvchilardan muntazam fikr-mulohaza oladi.

O‘tgan yili dasturga qariyb 3000 kishi hujjat topshirgan. Bu yil ham yuqori raqobat kutilmoqda. Biroq texnik oliygohning 1–2-bosqichi darajasida matematika va dasturlash bo‘yicha bilimga ega bo‘lganlar dasturga kirish imkoniyatiga ega.

👉 Arizalar 2026 yil 9 sentyabrga qadar qabul qilinadi.

@muhammadsaid_dev
  • 👎 12
  • ❤ 5
  • 🔥 3
  • 👍 1
More from @muhammadsaid_dev
  1. Sep 25, 2026Muhammadsaid sizga So‘ztop yashirdi! 6 ta harfli so‘zni 6 ta urinishda toping. 🟩🟩🟩🟩🟩�…
  2. Sep 24, 2026Starting from tomorrow, during only few days you have chance to win 🏆 Apply
  3. Sep 22, 2026Yandex Startup Party
  4. Sep 22, 2026Post #970
  5. Sep 18, 2026Manba
  6. Sep 18, 2026Hozir ofisimiz Seoul Plaza degan biznes markazda. Ushbu markazda azaldan beri viza agentli…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →