TGViewer
Muhammadsaid - Blog Muhammadsaid - Blog @muhammadsaid_dev · 1.75K subscribers
Post #895 888
Porterning “Raqobatli ustunlik” kitobini o‘qishni boshladim. 70-yillar yozilgan kitob hozir ham dolzarbligini yo‘qotmagan va iqtisodiyot, raqobat haqidagi bilimlarimning asosi bo‘lgan shekilli.

U payt venchur yoki startap tushunchasi keng tarqalmagan, shu sabab bu kitob an’anaviy bizneslarning qanday umumi strategiya qo‘llab, bozorda raqobatbardosh bo‘la olishini ko‘rsatgan.

O‘zi bozorga kirganlar ham, kirmoqchilar ham, o‘rinbosar tovarlar ham bari raqobatchilaringiz. Ular raqobat qilishini to‘xtatuvchi omillar esa bir nechta:

- Miqyos samarasi (economies of scale). Iqtisodiyotda tovarni katta miqdorda ishlab chiqargan sari, uning tannarxi arzonlashib boraveradi, ko‘p narsa avtomatizatsiya bo‘ladi, shunga arzonga tushadi. Yangi o‘yinchi kam miqyosda siz bilan teng raqobat qilolmaydi. Masalan, bitta yondirgichni (zajigalka) o‘zingiz noldan yasayman desangiz, kamida 15-20$ ga tushsangiz kerak. Texnik jihatdan bu o‘zi “ochiq olovli yondirish qurilmasi”. Vaholanki xitoyda donasi 0.05$ ga tushadi.
  • 🔥 2
  • ❤ 1
  • 💯 1
More from @muhammadsaid_dev
  1. Oct 13, 2026Ikki oydan beri shu ahvol… nima bo‘lgan shunga
  2. Oct 12, 2026photo post
  3. Oct 11, 2026Telvizorga chiqdim
  4. Oct 11, 2026Kepkalarimiz tayyor bo‘libdi 😊
  5. Oct 9, 2026U-bu kim dublyaj aktyorlarini taniydimi? Menga hozir bir nechta litsenziyali ovoz kerak bo…
  6. Oct 8, 2026uzum.uz ishlamay qolibdimi?
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →