Bu populizmdan boshqasi emas. Har qanday qonunchilikni shu argument bilan chopsa bo‘ladi. “Nega X qilinyapti, axir bolalar maktablarda hojatxonasiz o‘qishyapti” kabi. O‘zlari yozgan matnning o‘zida naq 4 ta apostrof turi hisobladim. Rasmiy va raqamli tarafdan siz yozgan narsa aslida imloviy xatodir. Mana shunday noqulay, sizni yo‘q joydan savodsiz qilib qo‘yadigan alifboda hozir yozyapsiz.
Siz aytgan kosmetik o‘zgarish esa har bir tilda ro‘y bergan va ro‘y beradi. Mana shu o‘zgarishlar bo‘lishi esa tilimizni rivojlantirishga, kirilldan voz kechib, lotinga o‘tib, dunyoda yaxshi integrallashishimizga yordam beradi. Siz shu alifboda yozmoqchi bo‘lmasangiz, yozmang. Hozir ham hatto kirillchada yozadiganlar bor — ular 1-2 oy qiynalishni xohlamasdan, o‘zbek tilini raqamli tarzda rivojini bo‘g‘ib, ruslar qilib ketgan, umuman bizga to‘g‘ri kelmaydigan alifboda haliyam yozishadi. Tilchi emasman deb bu haqida 2-3 ta post yozib, tanganing ikkinchi tarafiga qaramasdan populistik yondashyapsiz.
Post #890
1.09K
Uzbekonomics Agarda shuncha pul bo‘lsa, nega unda baʼzi maktablarda haligacha ichimlik suvi ham, hojatxona ham yo‘q? Nimaga, nimaga, nima?
- 👎 16
- 🔥 14
- 💯 6
- ❤ 2
- 👍 1