TGViewer
Muhammadsaid - Blog Muhammadsaid - Blog @muhammadsaid_dev · 1.75K subscribers
Post #848 1.43K
Muhammadsaid - Blog LLM’lar nega ko‘p hollarda kreativ g‘oyalarni validatsiya qilish uchun yaxshi suhbatdosh emas? Menga bu intuitsiya bitta maqoladan keyin keldi. Unga ko‘ra LLM’lar butun internet asosida o‘rgatilgani sabab ular eng ommabop fikrlar, g‘oyalar, metodlarni ko‘p…
Kelajak avlod LLM’lar bilan inoqlashib borar ekan, ularning fikrlari, harakatlari, yozishmalari bari bir-biriga o‘xshayveradi. To‘g‘ri, bizni bir xalq qilib turgan narsalar bor, millatimiz va odatlarimiz bir, lekin hammada o‘ziga xos fe’l-atvor bor, fikrlash tarzi deganlaridek. Deylik, ikkita dizaynerga banner chizdirdingiz, ikkovi har xil bo‘lishi tabiiy. Xuddi shu masalani LLM’ga berdingiz, u ham farqli bo‘ladi. Ammo ikkala natija orasidagi farq inson qilgan rasmlarda kattaroq va sezilarliroq bo‘ladi, LLM’niki esa ko‘proq bir-biriga o‘xshash chiqadi. Albatta, bu minglab sinovlardan keyin seziladi.

Shunga dasturchi bo‘lasizmi, dizayner yoki yurist – baribir o‘z uslubingiz bilan jamiyatga hissangizni qo‘sha olasiz, naqadar SI sizdan "yaxshiroq" ishni bajarmasin. Balki ikki oydan keyin Claude Creative degan narsa chiqib tepada yozgan narsalarim o‘z tasdig‘ini topmas, kim biladi.
  • 👍 8
  • 💯 1
More from @muhammadsaid_dev
  1. Oct 15, 2026Men o‘zi hech kimdan so‘ramasdan Tahrirchiga shu so‘zlarni qo‘shaman doim, eksperiment qil…
  2. Oct 15, 2026Brelok, keychain => osmachoq, taqmacha Stiker, stikerpak => yopishtirma, yelimcha Shopper…
  3. Oct 15, 2026Brelok so‘ziga muqobil so‘z qidirib ko‘rdim, osmachoq degan variant yoqyapti, yaxshimi?
  4. Oct 14, 2026Zo‘r resurs qilishibdi. Kirib, titkilab ko‘ringlar, mazza qilasizlar: til.uz
  5. Oct 14, 2026photo post
  6. Oct 14, 2026til.uz platformasini yaqinda qilgandik. Bugun taqdimoti bo‘lyapti
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →