LLM’lar nega ko‘p hollarda kreativ g‘oyalarni validatsiya qilish uchun yaxshi suhbatdosh emas?
Menga bu intuitsiya bitta maqoladan keyin keldi. Unga ko‘ra LLM’lar butun internet asosida o‘rgatilgani sabab ular eng ommabop fikrlar, g‘oyalar, metodlarni ko‘p ko‘radi. Keyinchalik ularga taqlid qiladi. Natijada siz nima so‘rasangiz ham, u "best-practice" narsalarni sizga tavsiya qiladi.
Startap esa ko‘p hollarda "best-practice"ga asoslanib qilingan narsa emas. U hali shakllanmagan voqelikka tayanadi, bu esa juda kreativ/noaniq va tavakkalga to‘la hudud.
Hikoya yozish, she’r yozish, hazillashish, umuman olganda kreativ bo‘lish bu aslida o‘rgatilmaydigan, balki inson o‘zi o‘rganadigan qobiliyatdir. Kreativlikda doim an’anani buzish bor, oldin ishlatilmagan iboralarni, qofiyalarni o‘ylab topish bor. Butun internet havaskor yozuvchi-yu andozaga asoslanib yozilgan matnlarga to‘la bo‘lsa-yu, LLM’lar qanday qilib o‘zidan-o‘zi ijod qila oladi?
Boz ustiga siz ijodkorlikni qandaydir qolipga sololmaysiz. Miqdoriy ko‘rsatkichlar bilan o‘lchay olmaysiz. Busiz SI o‘rganmaydi. Shu sababli ham hozir bittada SI bitgan matnni payqaymiz, SI chizgan rasmni, kodni yoki dasturni bittada sezamiz. Gohida andoza berib, boshqa ijodkorni san’atidan foydalanib (referens) yaxshiroq natija chiqaramiz, lekin baribir noldan unikal narsani yaratish o‘xshamayapti.
Post #847
1.62K
- 👍 4
- ❤ 1