Kod yozishda ham shunday bo’lyapti. Amaldagi dasturchilar Claude Code bazamizni eplolmaydi deb ishlatmaydi. Ayrimlari esa tan olmayapti. Aksariyati esa oxirgi marta 2024-yil ishlatib, sifatidan qoniqmay bu narsa men xohlagan sifatda emas degan fikrda qolgan.
Vaholanki SI orqali koding naq ikkita buzilish turini qilyapti.
Low-end market, kichik biznes loyihalari, proyektchalari endi to’liq SI tomonidan yopilyapti. Kichik va o’rta bizneslar endi outsource qilmasdan, bitta dasturchi va SI bilan ehtiyojini yopadi. Bu bozorlarni kattakonlar/professionalar baribir mensimasdi, ularga kirmasdi ham.
New-market disruption esa har xil havaskor koderlar, menejerlar, dizaynerlar uchun ochildi. Axiri ular o’z g’oyalarini aytishnikni quvlab ko’ndirib qildirmaydi, o’zi vibe-code qiladi.
Bu haqiqiy bozor buzilishi, disruption. Boshqa buzilishlar kabi bu butun bozorni qayta shakllantiradi. O’tish davrida esa nima startap qilib poyezdga chiqvolsak bo’ladi?
Post #768
1.78K
- 👍 8
- ❤ 7