Bozordagi buzilish (disruption) alomatlari
Innovator dilemmasida Kristensen bozorni buzish orqali startaplar o’sa oladi deydi. Yaqqol misol: katta meynfreym kompyuterlar chiqargan IBM o’z vaqtida gullagan. Shaxsiy kompyuterlar chiqqanida o’zi bilib turib ongli ravishda bu bozorga kirmagan, mensimagan. Mana shu payt startaplarda bozorni buzib kirish imkoni paydo bo’ladi.
Ikki yo’l bor: low-end disruption va new-market disruption. Birinchisida siz arzon, katta kompaniyalar mensimaydigan bozorlar bilan ishlaysiz. Kuch to’plab, keyin o’sha kattakonlarni sindirasiz. Toyota boshida AQSH bozoriga arzon, kompakt moshinalar sotib, borgan sari kuch to’plab, luxury segmentni Lexus bilan opqo’ygan.
New-market disruption esa boshqacha — siz yangi bozorga yangi narsa berasiz. Yuqorida aytilgan IBM misoli shunga o’xshaydi. Oddiy oilalar kompyuter ishlatmoqchi bo’lgan, lekin buning imkoni bo’lmagan. PC esa bu muammoni yechgan.
Ikkala buzilish turida ham amaldagi o’yinchilar doim, “Bu hozirgi mijozlarga to’g’ri kelmaydi”, “Bunda pul yo’q”, “Baribir sifati biznikidek emas” degan. Juda tanish-a?
Post #767
1.41K
- 👍 5
- ❤ 3