Okkam ustarasi/prinsipini hayotdagi ko‘plab sohalarga qo‘llasa bo‘ladi. Ushbu prinsipning mazmuni esa quyidagicha: qaysidir hodisani tushuntirar ekanmiz, biz bu paytda imkon boricha kamroq sabab/elementlardan foydalanishimiz kerak.
Masalan, ertalab turganimizda ko‘cha qor bilan qoplangan edi, bu ikki narsadan dalolat berishi mumkin:
1. Kecha qor yog‘gan edi
2. Kimdir mahallamizga klip olgani kelib qor tashuvchi mashinalar bilan hamma yerga qor sochgan.
Okkam prinsipi bizni doim soddaroq va kamroq boshni og‘ritadigan yechimlarni qidirishga undaydi. Tepadagi misol absurd tuyulsa-da, problem-solving rejimiga kelganimda men doim oddiy sabablar qidiraman. Ko‘p o‘ylavorish, ko‘p siqilvorish foydasi kam.
Okkamning yana bir aksi: bu til. Tilimizdagi har bir so‘z bekorga o‘ylab topilmagan. Wittgenstein so‘zlariga ko‘ra, "Agar belgi kerak bo‘lmasa, u holda u ma’nosizdir". Til esa kerak bo‘lmagan so‘zlarni o‘zi chiqarib yuboradi. So‘z bormi, demak ehtiyoj bo‘lgan va bor. Ehtiyojni esa til so‘zlashuvchilari o‘zi yaratadi.
Ruscha so‘zlar, nega ular ayrim o‘zbekcha so‘zlar o‘rnini bosadi? Okkam prinsipini ishlatsak, demak oddiy sabab bo‘lishi kerak. O‘rni bosilgan so‘zlarni hech bir kuzatib ko‘rganmisiz? Nega ayrim so‘zlarni biz xohlasak ham ruschasiga alishtirsak g‘alati chiqadi, ayrim so‘zlarning biz xohlasak ham o‘zbekchasini ishlatsak g‘alati chiqadi?
Post #756
1.36K