Data flywheel
Startap/loyihachalar uchun juda muhim tushuncha. Siz qilgan dasturga odamlar o‘z ma’lumotlarini kiritgandan keyin vaqt o‘tgan sari u ma’lumotlar asosida dasturingiz yanada takomillashaversa, siz data flyweel’ga erishdingiz degani.
Tabiiy, trivial eshitilishi mumkin, lekin ko‘p hollarda ushbu xususiyat ko‘pchilikda yo‘q, buning yo‘qligi esa doim sizni yangi o‘yinchilar oldida zaif qiladi.
Eng qizig‘i bu jarayonni boshlab olganingizdan keyin sizda doim boshqalarga qaraganda ustunlik bo‘ladi, chunki bu o‘z-o‘zini kuchaytiruvchi jarayon. Mijozlar data beradi, data dasturni yaxshilaydi, ko‘proq mijoz dasturdan foydalanadi, mijozlar data beradi va h.k.
AI dasturlar uchun bu training data, boshqa dasturlar uchun bu foydalanuvchilarning o‘zini tutishi, harakatlari, takliflari — bundan foydalanishni custdev ham deyishadi. Asosiysi momentum, impulsni yaratib olish. Data flywheel qanchalik kam bo‘lsa, shunchalik app rivojlanishi sekin bo‘ladi.
Post #754
1.27K
- 👍 6
- ❤ 2