5 yil oldin oʻqishga qabul qilingandim va birinchi marta uyimdan uzoqqa Toshkentga kelgandim.
Uydan uzoqda yashash xissini his qilmagandim, 2 oy oʻshanda qiynalgandim. Yaxshi eslayman, uydegilar yaxshi duolar qilishkandi. Yaxshi oʻqigin, sen oʻqisang senga qarab singling ham oʻqiydi deb.
Ayam koʻp aytardi bolam kechasida beoʻrib yurmagin deb, hozir ham koʻp aytadi. Toshkentda oʻqish va non topib bir natijaga erishish oson emas. Oʻtkan 5 yil ichida yaxshisi, yomonini ham koʻrdim.
Hozir niyatlar, duolar oʻzgardi. Yaxshi kelin topgin endi, oʻqimishli, e’tiqodli boʻlsin deb har safar duo qilishyapti.
Shu kunlarga yetkazganiga ham shukur. Oldinda koʻp ishlar kutyapti, asta-sekin u kishimni ham topaman.
🔗 @Muhammadislom_Dev
Post #3134
697
- ⚡ 7
- ❤ 4
- 💯 3
- ❤🔥 2
- 🔥 1