“The Boys” seriali men uchun chinakam shedevr. U odatiy superqahramon hikoyalaridan tubdan farq qiladi va tomoshabinga hayotiy, realistik tasvirni beradi. Serialda kuch, hokimiyat va insoniy zaifliklar juda keskin ochib berilgan.
Albatta, ayrim joylarda uzilishlar va chalkashliklar bor, ammo umumiy atmosfera, aktyorlarning kuchli ijrosi va syujetning g‘ayrioddiyligi bularni to‘liq yopib ketadi. Shuningdek, serialda 18+, behayo va juda qonli sahnalar ham uchraydi. Bu jihatlar ayrim tomoshabinlar uchun ortiqcha tuyulishi mumkin, lekin shu bilan birga ular hikoyani yanada realroq va mavzuga mos ko‘rsatadi. Shu sababli bu tomonini ham serialning o‘ziga xosligi sifatida qabul qilish mumkin.
Yoshligimizda ko‘pchilik Shadow Fight 2 o'yinini shunchaki oddiy jang o‘yini sifatida ko‘rardi. Yangi qurol olish, bosslarni yengish, keyingi bosqichga o‘tish — o‘sha paytda o‘yin faqat shundan iboratdek tuyulardi. Ko‘pchilik esa bu o‘yinni oxirigacha ham yetib bormagan, bir joyda tashlab ketgan.
Yaqin kunlarda men ham nostalgiya uchun o‘yinni yana qayta o‘ynab ko‘rdim. Bu safar esa o‘yinga biroz boshqacha qaradim. Oldin e’tibor bermagan kichik detallar va hikoya borligini sezish mumkin ekan.
Aslida o‘yin faqat jang haqida emas. U kuch, qaror va ularning oqibatlari haqida ham kichik hikoya aytadi. Balki shuning uchun ham o‘yinni yoshligimizda boshqacha ko‘rganmiz, keyinroq esa mazmunini biroz yaxshiroq tushunish mumkin bo‘ladi. Buni tepadagi shadow fight 2 o'yini rasmiy animation storysidan ham bilish mumkun
"Death Note" — bu menga hayotga boshqacha nigoh bilan qarashni o‘rgatgan anime. U insonni o‘ylashga majbur qiladi: adolat nima, to‘g‘ri va noto‘g‘ri o‘rtasidagi chiziq qayerda? Ba’zida biz o‘zimizni to‘g‘ri yo‘ldaman deb o‘ylaymiz, lekin aslida shu yo‘l bizni o‘zligimizdan uzoqlashtiradi. Menga yoqqan tomoni — u faqat voqealar emas, balki insonning ichki kurashini ko‘rsatadi. Har safar uni eslaganimda, “Agar men o‘sha daftarni topsam, nima qilgan bo‘lardim?” degan savol paydo bo‘ladi.
Solo Leveling barbir katta uchlik animelaridan o'tib keta olmaydi
U yerda kuch bor, lekin ma’no yo‘q. Jin-Woo kuchayadi, jang qiladi, yutadi – lekin biz hech qachon uning ichki kurashini his qila olmaymiz. Naruto do‘stlik va kechirimni o‘rgatadi. One Piece erkinlik uchun kurash. Bleach – ruhiy ziddiyat va insoniylik haqida. Solo Levelingda faqat “level up”, yangi skill, yangi boss. Lekin yurakka tegadigan his yo‘q, o‘sish yo‘q, chuqurlik yo‘q. Shuning uchun u hech qachon Naruto, One Piece yoki Bleach darajasiga chiqolmaydi.
Assalomu alaykum! Yaqinda demon slayer animesini ko'rib tugatdim Demon Slayer zamonaviy anime dunyosida alohida o‘rin egallagan asar. Syujeti oddiy va klassik shonen asosida qurilgan: qahramon oilasini yo‘qotadi, singlisini qutqarish yo‘liga tushadi. Hikoya hissiyotli va samimiy, lekin ssenariy tomondan unchalik yangilik qilmaydi. Ammo bu anime aynan animatsiya, grafika, ranglar va jang sahnalari orqali o‘ziga xoslik kasb etadi. Ufotable studiyasi har bir kadrni san’at darajasida ishlagan. Ayniqsa janglar — yuqori darajadagi vizual effektlar va dinamika bilan ajralib turadi. Shu bois, Demon Slayer — bu soddalikni san’atga aylantirgan anime. Uni aynan grafik ustunlik qutqarib qolgan desak, aslo mubolag‘a bo‘lmaydi. Rahmat!