TGViewer
π™ˆπ™ͺπ™π™–π™’π™’π™–π™™π™žπ™‘π™‘π™€π™‹π™¨ π™ˆπ™ͺπ™π™–π™’π™’π™–π™™π™žπ™‘π™‘π™€π™‹π™¨ @muhammadillops Β· 20 subscribers
Post #74 598
π™ˆπ™ͺπ™π™–π™’π™’π™–π™™π™žπ™‘π™‘π™€π™‹π™¨ Dunyo AI bilan yangi narsalar yaratyapti, biz esa mevalarni gapirtiryapmiz
So'nggi oylarda dunyoda sun'iy intellekt haqiqatan ham "vau" deyarli ishlarni qilib qo'ydi.
Xitoyda bir robot Pekin yarim marafonida qatnashib, ko'plab odamlarni ortda qoldirib, chiziqqa yetib keldi. Yaponiyada Tokioning Haneda aeroportida gumanoid robotlar yuk tashish ishlariga jalb qilindi. Microsoft yaratgan tibbiy AI tizimi murakkab kasallik holatlarini tajribali shifokorlarga qaraganda aniqroq tashxislay olayotgani ma'lum bo'ldi. Ayrim ilmiy loyihalarda esa AI o'zi gipoteza qo'yib, tajriba rejalashtirib, natijasi ilmiy jurnalda chop etilgan maqolaga aylandi.
Bu β€” dunyoda AI bilan bog'liq minglab yangiliklardan atigi bir nechtasi, xolos.
Endi bizga, O'zbekistonga qarang. Ko'pchiligimiz AIni nimaga sarflayapmiz? Bir dona banan yoki olmani "tilga kiritib", bir necha soniyalik bachkana, mazmunsiz video tayyorlashga. Meva-cheva, sabzavot yoki hayvonlarga kulgili ovoz berib, "qiziqarli content" deb ulashish β€” bugun eng ko'p uchraydigan AI-video turlaridan biriga aylanib bo'ldi.
Xullas, dunyo AI yordamida kasallikni tezroq aniqlashga, robotlarni ishga tushirishga, yangi bilim yaratishga urinayotgan bir paytda, biz uni ko'pincha bir necha soniyalik "kulgi"ga sarflayapmiz. Texnologiya bitta β€” farq faqat uni qanday ishlatishimizda.

βž–βž–βž–βž–βž–βž–βž–βž–βž–βž–βž–βž–βž–
@Avent1c @MuhammadilloPs
More from @muhammadillops
  1. Oct 16, 2026Post #110
  2. Oct 16, 2026What's up niggas
  3. Oct 15, 2026What am I doing?
  4. Oct 14, 2026Post #106
  5. Oct 14, 2026Enasini emsin z galustuk bog'lolmayabman
  6. Oct 13, 2026Bitta savolim bor. O'zilarcha kibr qilmasdan javob berilar. Chin dildan javob beringlar. S…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook β†’Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 β†’