TGViewer
π™ˆπ™ͺπ™π™–π™’π™’π™–π™™π™žπ™‘π™‘π™€π™‹π™¨ π™ˆπ™ͺπ™π™–π™’π™’π™–π™™π™žπ™‘π™‘π™€π™‹π™¨ @muhammadillops Β· 20 subscribers
Post #72 145
π™ˆπ™ͺπ™π™–π™’π™’π™–π™™π™žπ™‘π™‘π™€π™‹π™¨ Korrupsiya: tanganing ikkinchi tomoni
Korrupsiya: tanganing ikkinchi tomoni
Korrupsiya yomon β€” bu haqda ikki fikr yo'q. Lekin har narsaning ikki tomoni bor, korrupsiya ham shunday.
Bu odat yoshlikdan, oiladan boshlanadi. Bola maktabga o'qituvchiga sovg'a olib boradi β€” "yaxshi baho olsin" deb. Universitetga kirishda "tanishimiz bor" degan gap chiqadi. Bola buni ko'rib o'sadi va katta bo'lganda bu unga oddiy tuyuladi.
Shu sabab biz korrupsiyani ko'pincha muammo deb bilmaymiz, hatto o'zimiz qatnashsak ham. "Dengizdan tomchi-ku" deymiz. Muammo faqat u biz bilan bo'lmaganda ko'rinadi β€” navbat uzoq bo'lganda, ish cho'zilganda.
Endi ikkinchi tomoni
Iqtisodda bu "g'ildirakni moylash" (grease the wheels) nazariyasi deb ataladi. Amerikalik olim Samuel Huntington 1968-yilda shunday degan edi: markazlashgan, insofsiz byurokratiyadan ham yomonroq narsa β€” markazlashgan, lekin butunlay "insofli" byurokratiya, chunki u hech qanday yo'l qoldirmaydi. Ya'ni qonun-qoida shu qadar og'ir bo'lsa, kichik pora ba'zan yagona chiqish yo'li bo'lib qoladi.
Bir nechta misol:
Litsenziya va ruxsatnoma. Ko'p rivojlanayotgan davlatlarda rasmiy yo'l bilan qurilish ruxsatnomasi yoki biznes litsenziyasi oylab, hatto yillab kutiladi. Amalda esa "tezlashtirish puli" shu jarayonni bir necha kunga tushirib qo'yadi β€” tadbirkor uchun vaqt ham pul.
"Sharqiy Osiyo paradoksi". Iqtisodchi Endryu Vedeman shunday nom bergan: Xitoy, Indoneziya va Janubiy Koreya kabi mamlakatlar korrupsiya keng tarqalgan bo'lishiga qaramay, o'nlab yillar davomida juda tez iqtisodiy o'sish ko'rsatgan. Xitoyning davlatga qarashli bo'lmagan sektori, masalan, aynan norasmiy tanish-bilishchilik tizimi orqali tez rivojlangan deb hisoblanadi.
Investitsiya kirishi. Ba'zi tadqiqotlarga ko'ra, davlat tizimi og'ir va sekin ishlaydigan joylarda xorijiy investorlar korrupsiyani "bir turdagi sug'urta" sifatida ko'rishadi β€” rasmiy tizim ishlamay qolsa ham, "tanish" orqali masala hal bo'lishi mumkinligini bilishadi.

βž–βž–βž–βž–βž–βž–βž–βž–βž–βž–βž–βž–βž–
@Avent1c @MuhammadilloPs
More from @muhammadillops
  1. Oct 16, 2026Post #110
  2. Oct 16, 2026What's up niggas
  3. Oct 15, 2026What am I doing?
  4. Oct 14, 2026Post #106
  5. Oct 14, 2026Enasini emsin z galustuk bog'lolmayabman
  6. Oct 13, 2026Bitta savolim bor. O'zilarcha kibr qilmasdan javob berilar. Chin dildan javob beringlar. S…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook β†’Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 β†’