9 nafar yosh muhandis elektromobil bilan taqdirlanishi e’lon qilindi
Bu shunchaki sovrin emas. Bu ilm, muhandislik va amaliy natijaga munosabat o‘zgarayotganining kuchli belgisi. “Kelajak muhandislari” respublika ko‘rik-tanlovida g‘olib bo‘lgan yoshlar tog‘ jinslarini mayin maydalash, shisha mikrosferalar yaratish, sanoat shlakidan foydali metallarni ajratib olish va bioenergetik qurilmalar kabi real muammolarga yechim taklif qildi.
Eng muhimi, bu yerda shunchaki g‘oya emas, bilim, tajriba va mehnat bilan yaratilgan natija qadrlanyapti. Avvallari ko‘pchilik bola “katta bo‘lsam futbolchi bo‘laman” derdi. Bugun esa “muhandis bo‘laman”, “olim bo‘laman”, “yangi texnologiya yarataman” deyish ham katta orzu va ulkan imkoniyatga aylanmoqda.
Chunki ilm bilan ham katta yutuqlarga, yuksak e’tirof va qimmatbaho sovrinlarga erishish mumkin. 9 ta elektromobil — ana shu o‘zgarishning amaldagi isboti va yorqin belgisi. Yoshlar nimani tanlashi esa jamiyat nimani qadrlashiga bog‘liq. Ilm va muhandislik qadrlansa, kelajak ham shunga qarab quriladi.
Post #544
17