🏟 Toshkent oliygohlari o‘rtasida o‘tkazilayotgan mini-futbol musobaqasi — Coca-Cola Students Cup–2026ning 4-mavsumida Toshkent shahridagi “MEI” milliy tadqiqot universiteti” Federal davlat budjeti oliy ta’lim muassasasi filiali futbol jamoasi ilk bor ishtirok etmoqda!
🏛 Bugun jamoamiz turnirdagi ilk uchrashuvini Sarbon universiteti futbol jamoasiga qarshi o‘tkazdi.
Yakuniy hisob:
“MEI” filiali — 4:0 — Sarbon
Gollar: F. Obidov — 3 ta gol
A. Ibragimov — 1 ta gol
🧤 Darvozabonimiz H. G‘aniyev esa uchrashuv davomida muhim vaziyatlarda o‘z mahoratini namoyish etib, darvozamiz daxlsizligini saqlab qoldi!
👏 Jamoamizning ilk uchrashuvdayoq ishonchli g‘alabaga erishgani — turnirni munosib boshlaganidan dalolat!
Aziz futbolchilar, ushbu g‘alaba bilan sizlarni samimiy muborakbod etamiz!
Keyingi uchrashuvlarda ham sizlarga kuch-g‘ayrat, omad va yangi g‘alabalar tilaymiz!
Bir jamoa — bir maqsad — bir g‘alaba!
Web-sayt | Telegram | Instagram | You tube



