MIRZACHO' TUMANIDA “JASORAT MAKTABI” O‘QUVCHILARINING VA’DA BERISH MAROSIMI BO‘LIB O‘TDI
Bugun Mirzacho'l tumanida yosh avlod qalbida Vatanga muhabbat, yurtga sadoqat va milliy qadriyatlarga hurmat tuyg‘ularini mustahkamlashga qaratilgan “Jasorat maktabi” o‘quvchilarining va’da berish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda Mirzacho'l tumani MMTB boshlig'i M.Mirzayev, tuman Mudofa ishlar bo‘limi boshlig‘i O.Xolmatov, hamda tegishli tashkilot va idoralar mas’ullari ishtirok etdilar.
Marosimni tuman MMTB boshlig'i M.Mirzayev ochib berib, o‘quvchilarni ushbu unutilmas kun bilan samimiy tabrikladi. O‘z nutqida yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularda yuksak ma’naviy-axloqiy fazilatlarni shakllantirish, Vatan taqdiri va kelajagi uchun mas’uliyat hissini kuchaytirish muhim ahamiyatga ega ekanini ta’kidladi.
Mirzacho'l TMMTB rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram|Facebook|Instagram|Websayt |.
🌐Web-site |✅facebook | 📹youtube |✅telegram | 🌐instagram
Post #11465
155







