Assalom Aleykum hammaga, Ha tirikman)
Taxminan 3 oy davomida Ijtimoiy tarmoqdan yana tashqarida yashadim, Huddi siz kabi shaxsiy muammolar va ish sabab,uning ustiga AI bilan eksperiment ishlari bilan ovora bo'ldim, Uni ustiga Ijtimoiy tarmoq yoqimsizligi haqida oldin ham aytganman
Hullas, bu postni yozishimdan maqsad, ichimdagi dardlarni aytib berish emas balki kichik yangilik bilan keldim!
Ohirgi vaqtlarda VibeCoding termini rivojlandi, bu oddiy odam o'zini tech dasturchi sifatida ultra murakkab g'oyalarni yasashga harakat qilishi, va ohir oqibat hatto AI bilan ham qiyin ekanligini tushinib yetish holati
Ammo nimadirlarni yasay oldim, Bugun DEMO Uzpulse Mini Dasturni ko'rsatmoqchiman, bu hali DEMO, ya'ni chala bitgan 😅 shunga ayb topsangiz bu normal holat
Bu botning vazifasi asosan O'zbekistondagi Iqtisodiy holat va O'zbekistondagi O'rtacha oylik va yangiliklar haqida ma'lumot beruvchi bot, oddiy qilib aytganda Kun.uz HeadHunter va Bank uz sahifalarni birlashtirgan sharbat, Aytgancha tez orada tizimning o'zida ish o'rinlarini post qilish mumkin bo'ladi, Hozircha tashqi manbaalardan olingan vakansiyalar xaritada ko'rinadi
Agar taklif va fikrlaringiz paydo bo'lsa, Suhbat guruhimizda bemalol yozishingiz mumkin, agar rostan ham foydalanuvchilarga kerak bo'lsa albatta qo'shaman,
Hozircha shu yangilik edi) Mizer yangilik bilaman. Kattaroq ishlar hali jarayonda, Vibecoding ga o'tib ketganim yo'q, shunchaki qiziqish, asosiy ishim 3D shunchaki kontentga imkon bo'lmayabdi, Hammaga rahmat
(Ha aytgancha hozircha Toshkent hududi faqatgina, keyingi versiyada butun O'zbekistondan ish o'rinlarini ko'ra olasiz)
HAVOLA: @UzPulse_Bot
Post #994
792
- 🔥 6
- ❤ 2
- 👍 2
- 🫡 1
- 🆒 1