Ko'pchilik ishchilar o'z mehnat huquqlarini bilmaydi.
Sababi oddiy: Mehnat kodeksida 580 dan ortiq modda bor, tili esa yuridik va hech qanday tushuntirishsiz.
Shu muammo uchun Mezonly loyihasini boshladik. Demo versiyasida xususiy sektor, davlat sektori, maxsus va zaif guruhlar va kasbiy yordamda asosiy huquqlar oddiy tilda yozilgan, 140 dan ortiq modda allaqachon keltirilgan, har biri lex.uz'dagi haqiqiy moddaga bog'langan.
Demo'ni Toshkent Davlat Yuridik Universiteti bilan ko'rib chiqdik. Ularning fikri bizni bitta katta o'zgarishga olib keldi: endi har bir modda asl matni bilan birga chiqadi, yoniga esa sun'iy intellekt asosidagi tushuntirish qo'shiladi.
Hozir Telegram Mini App ustida ishlayapmiz. Sababi shundaki, O'zbekistonda odamlarning katta qismi telegramni kundalik hayotlarida asosiy ijtimoiy tarmoq sifatida ishlatishadi.
Kuzatib boring.
#MehnatHuquqlari #Mezonly #OʻzbekistonMehnatKodeksi
Post #15
158