📄 Mehnat shartnomasi haqida bilishingiz kerak bo'lgan narsalar
📌 Bu nima?
Ish beruvchi va xodim o'rtasidagi yozma kelishuv. "Kelishib oldik" degan og'zaki gap emas — yozma shartnoma bo'lmasa, huquqiy kuchi yo'q.
📌 Nega kerak?
Shartnomasiz ishlasangiz, rasmiy ish stajingiz bo'lmaydi, ijtimoiy sug'urta to'lanmaydi, maosh berilmasa sudda isbotlash qiyin bo'ladi. Ish beruvchi esa sizni istalgan payt, hech qanday kompensatsiyasiz ishdan bo'shatishi mumkin.
📌 Ichida nima bo'ladi?
Kamida shu narsalar yozilishi shart: lavozim, ish haqi, ish vaqti tartibi, ish joyi, boshlanish sanasi.
📌 Qachon va qayerdan olinadi?
Ish beruvchi sizni ishga qabul qilgan kundan boshlab 3 kun ichida shartnoma tuzishi shart. Shartnoma keyin YAMMT elektron tizimida ro'yxatdan o'tkaziladi — bu ish beruvchining ishi, sizdan pul so'ralmaydi.
Post #11
109

- ❤ 3
- 🔥 1
- 🍓 1