TGViewer
MentorGO MentorGO @mentorgouz · 4.37K subscribers
Post #148 17.4K
🎉 Muhammadjon Mamitaliyev kursimizda qatnashib DAAD granti g'olibiga aylandi!

🧑‍🎓 Muhammadjon bu yildan Germaniyaning Bon universitetida Agro Iqtisodiyot yo'nalishida DAAD stipendiyasi g'olibi sifatida magistratura bosqichini davom ettiradi.

🇩🇪 U o'tgan mavsum "DAAD mentorlik kursi"da ishtirok etib g'oliblikni qo'lgan kiritgan 6 o'quvchidan biri. Kurs mentori Qudratxo'ja Musayev ularga to'g'ri maqsad atrofida hujjatlar tayyorlashdan tortib suhbatdan o'tishgacha jarayonlarni darslar orqali batafsil tushuntirib o'tgan va tayyorlangan har bir hujjat ustida individual tarzda ishlangan.

👨‍🏫 Mentor fikri:
Muhammadjon o'zi o'qigan universitetning O'zbekistondagi eng birinchi bitiruvchilaridan bo'lgani uchun unda DAADga topshirishdan oldin juda katta ikkilanishlar bor edi: universitetim to'g'ri keladimi, diplomim qabul qilinadimi, g'olib bo'lish imkonim bormi kabi.

Undagi savollarga menda ham aniq javob bo'lmagani bilan javobim har doimgidek edi – "Imkon faqat harakat qilib ko'rganlarda bor". Muhammadjon ana shuni yodda tutgan holda darslarni diqqat bilan o'rganib chiqdi va e'tiborini o'z maqsadlari, rejalari va potensialini hujjatlarda ochib berishga qaratdi.

Natija esa yakunda biz kutganimizdan ham yaxshiroq bo'ldi. G'oliblik bu qaysidir stipendiyani yutish yoki chetda o'qish emas. O'z hayoti va orzulari uchun hech narsaga qaramasdan harakat qila olgan odam haqiqiy g'olib.


Kurs haqida batafsil
🎓 DAAD mentorlik kursi

MentorGO – kelajagingizni o'z qo'llaringiz bilan qurishni o'rgatamiz!

#magistratura #natija #DAAD_mentorlik_kursi #fikrlar

💼 Telegram | Instagram | Vebsayt
  • ❤ 19
  • 🔥 5
  • 👏 3
  • 👍 1
  • 🎉 1
  • 🏆 1
More from @mentorgouz
  1. Sep 28, 2026Bugun DAAD G‘oliblari Masterklasslar Seriyamizning so‘nggi suhbati! Yakuniy masterklassimi…
  2. Sep 27, 2026⚖️ Bugun DAAD G‘oliblari Masterklasslar Seriyasida navbat Huquq yo‘nalishiga! Bugungi sess…
  3. Sep 26, 2026💻 Bugun DAAD G‘oliblari Masterklasslar Seriyasida navbat IT sohasiga! Bugungi sessiyamizd…
  4. Sep 25, 2026📚 Bugun DAAD G‘oliblari Masterklasslar Seriyasida navbat Ta’lim yo‘nalishiga! Bugungi mas…
  5. Sep 24, 2026🩺 DAAD G‘oliblari Masterklasslar Seriyasining 2-kuni — tibbiyotning turli yo‘nalishiga ba…
  6. Sep 23, 2026🚀 Bugun masterklassimiz ilk darsiga start beramiz! 📈 Birinchi darsimizni DAAD ERP granti…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →