TGViewer
MentorGO MentorGO @mentorgouz · 4.37K subscribers
Post #130 2.97K
Nima uchun rivojlangan davlatlar grant ajratadi?

Juda ko'pchilik rivojlangan davlatlar DAAD, Fulbright, Chevening kabi hukumat grantlari doirasida millionlab dollar / yevro pulini nima uchun rivojlanayotgan davlatlar fuqarolari o'qishi uchun sarflaydi deb qiziqadi. Bugun shu savolga javob berishga harakat qilamiz.

➡️ Umumiy rivojlanish. Rivojlangan davlatlar rivojlanayotgan davlatlardagi muammolar hal bo'lishidan qaysidir ma'noda manfaatdor. Biror davlatning iqtisodiy oyoqqa turib olishi, dunyodagi umumiy ijtimoiy holatni yaxshilaydi va yordamga muhtoj davlatlar va odamlar sonini kamaytiradi. Buni esa o'sha davlatga to'g'ridan-to'g'ri pul bergandan uzoq muddatli investitsiya orqali qilgan yaxshiroq.

➡️ Ekologik muammo va resurslar. Yuqoridagiga qo'shimcha sifatida agar rivojlanayotgan davlatlar o'z resurslaridan unumli va to'g'riroq foydalana boshlasa, bu umumiy ekologiya uchun foydali bo'ladi va global isish kabi muammolarni yumshatadi.

➡️ G'ayrioddiy iqtidor va liderlarni qo'llab-quvvatlash. U kabi davlatlar noodatiy iqtidor sohiblari, kelajak liderlari har qanday davlatdan chiqishi mumkinligini biladi va shu sabab bu kabi odamlarni qo'llab-quvvatlashga intiladi. Ular esa o'z navbatida nafaqat mahalliy balki global o'zgarishlar qilishda muhim figura bo'lishlari mumkin.

➡️ Xalqaro talabalar sonini oshirish. Biror davlatda qay darajada xalqaro talabalar ko'p bo'lishi, u davlatdagi universitetlar obro'siga katta ta'sir qiladi va u yerda o'qishga bo'lgan qiziqishni oshiradi. Yuqoridagi kabi talabalar esa bu davlat va universitetlarning asosiy marketing hissadorlaridan bo'lib xizmat qilishi mumkin.

➡️ O'z madaniyati va tillarini yoyish. Albatta har qanday millat o'z madaniyati va tilini dunyo tanishini xohlaydi. Juda ko'plab hukumat grantlari aynan mana shu narsaga katta urg'u beradi. Yorqin misol sifatida Ruminiya, Turkiya, Koreya, Irlandiya hukumati grantlarini ko'rasiz.

➡️ Xalqaro aloqalarni mustahkamlash. Hukumat grantlarining yana bir maqsadlaridan biri - o'sha davlatdagi kelajakda hal qiluvchi o'rinlarni egallovchi yoshlarni qo'llab-quvvatlash orqali bu davlat bilan uzoq muddatli hamkorlik aloqalarini o'rnatish hisoblanadi.

➡️ Yangi bozorlarga kirib borish. Iqtisodiy oyoqqa turishni boshlagan davlatlar va doimiy o'sishda bo'lgan bozorlar uzoq muddatli savdo-sotiq aloqalari va investitsiya kiritish uchun eng qiziq maydon hisoblanadi. Bu kabi davlatlar bilan yaqin hamkorlik qilgan davlat esa uning asosiy investorlaridan bo'lish uchun katta imkoniyatga ega bo'ladi.

🚫 Qayta ishlab berish va pulni qaytarish. Hukumat grantlari bo'ladimi yoki universitet moliyaviy yordamimi, agar u ochiq-oydin qarz ekanligi yozilmagan bo'lsa, g'olibdan keyinchalik ishlab berish yoki pulni qaytarishni kutmaydi. Bu orqali u davlatlar o'zlariga kadr yetishtirishni ham kutmaydi. Odatda, ko'p hukumat grantlari yuqoridagi sabablarga ko'ra nomzod o'qishni bitirgan o'z davlatiga qaytishini yoki talab qiladi yoki kutadi.

Shu kabi o'zingizni qiziqtirgan savollaringizni izohlarda yozib qoldiring!

Manba: Musayev blogi

#grantlar #savol_javob

💼 Telegram | Instagram | MentorGO
  • 🔥 12
  • 👍 5
  • ❤ 3
  • 🥰 2
  • 🤝 2
More from @mentorgouz
  1. Sep 28, 2026Bugun DAAD G‘oliblari Masterklasslar Seriyamizning so‘nggi suhbati! Yakuniy masterklassimi…
  2. Sep 27, 2026⚖️ Bugun DAAD G‘oliblari Masterklasslar Seriyasida navbat Huquq yo‘nalishiga! Bugungi sess…
  3. Sep 26, 2026💻 Bugun DAAD G‘oliblari Masterklasslar Seriyasida navbat IT sohasiga! Bugungi sessiyamizd…
  4. Sep 25, 2026📚 Bugun DAAD G‘oliblari Masterklasslar Seriyasida navbat Ta’lim yo‘nalishiga! Bugungi mas…
  5. Sep 24, 2026🩺 DAAD G‘oliblari Masterklasslar Seriyasining 2-kuni — tibbiyotning turli yo‘nalishiga ba…
  6. Sep 23, 2026🚀 Bugun masterklassimiz ilk darsiga start beramiz! 📈 Birinchi darsimizni DAAD ERP granti…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →