TGViewer
FAVQULODDA VAZIYATLAR VAZIRLIGI/МИНИСТЕРСТВО ПО ЧРЕЗВЫЧАЙНЫМ СИТУАЦИЯМ FAVQULODDA VAZIYATLAR VAZIRLIGI/МИНИСТЕРСТВО ПО ЧРЕЗВЫЧАЙНЫМ СИТУАЦИЯМ @mchsuzbek · 75.7K subscribers
Post #48099 4.3K
#FVV_Qahramonlari

Orzu Komilovich Xalikov — Samarqand viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi Maxsus qutqaruv otryadi Qidiruv-qutqaruv guruhi yo‘riqchi-qutqaruvchisi.

✅ 16 yildan buyon qutqaruvchi kasbida xizmat qilib kelmoqda;

✅ xizmat yillari davomida 2 mingdan ortiq qidiruv-qutqaruv operatsiyalarida ishtirok etgan;

✅ hamkasblarining ta’kidlashicha, O. Xalikov vaziyatni oldindan to‘g‘ri baholay olishi bilan ajralib turadi. Shu bois uning ishtirokidagi qidiruv-qutqaruv ishlari aksariyat hollarda muvaffaqiyatli yakunlanadi. Jumladan, 2025-yilda Jomboy tumanidan o‘tuvchi M-39 avtomobil yo‘lida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi oqibatida ag‘darilib ketgan avtobusdagi 20 nafardan ortiq yo‘lovchini qutqarishda faol ishtirok etgan. Bunday misollar uning xizmat faoliyatida ko‘plab uchraydi;

✅ Sharq yakka kurashlari bo‘yicha sport ustasi, sport murabbiyi, “El-yurt faxri” esdalik nishoni sohibi, shuningdek, respublika miqyosida o‘tkazilgan qutqaruvchilar ko‘pkurashi musobaqalarining bir necha karra g‘olibi;

✅ ikki farzandning otasi;

✅ u sharafli qutqaruvchi kasbini tanlaganidan va insonlar hayotini asrab-avaylashga o‘z hissasini qo‘shayotganidan faxrlanadi.
—
Орзу Комилович Халиков — Самарқанд вилояти Фавқулодда вазиятлар бошқармаси Махсус қутқарув отряди Қидирув-қутқарув гуруҳи йўриқчи-қутқарувчиси.

✅ 16 йилдан буён қутқарувчи касбида хизмат қилиб келмоқда;

✅ хизмат йиллари давомида 2 мингдан ортиқ қидирув-қутқарув операцияларида иштирок этган;

✅ ҳамкасбларининг таъкидлашича, О. Халиков вазиятни олдиндан тўғри баҳолай олиши билан ажралиб туради. Шу боис унинг иштирокидаги қидирув-қутқарув ишлари аксарият ҳолларда муваффақиятли якунланади. Жумладан, 2025-йилда Жомбой туманидан ўтувчи М-39 автомобил йўлида содир бўлган йўл-транспорт ҳодисаси оқибатида ағдарилиб кетган автобусдаги 20 нафардан ортиқ йўловчини қутқаришда фаол иштирок этган. Бундай мисоллар унинг хизмат фаолиятида кўплаб учрайди;

✅ Шарқ якка курашлари бўйича спорт устаси, спорт мураббийи, “Эл-юрт фахри” эсдалик нишони соҳиби, шунингдек, республика миқёсида ўтказилган қутқарувчилар кўпкураши мусобақаларининг бир неча карра ғолиби;

✅ икки фарзанднинг отаси;

✅ у шарафли қутқарувчи касбини танлаганидан ва инсонлар ҳаётини асраб-авайлашга ўз ҳиссасини қўшаётганидан фахрланади.

➡️Boshqa yangiliklar

📱Fvv.uz | 📱Facebook | 📱Telegram | 📱Youtube |📱 instagram | 📱X.com
  • ❤ 9
  • 🔥 6
  • 👍 2
More from @mchsuzbek
  1. Oct 7, 2026#Ijtimoiy_tarmoqlardan Shuning uchun har bir inson birlamchi o‘t o‘chirish vositalaridan f…
  2. Oct 7, 2026FVV qutqaruvchilari “Katta Chimyon” togʻida fuqaroga amaliy yordam koʻrsatdi Kecha, 6-okta…
  3. Oct 7, 2026Zilzila vaqtida to‘g‘ri harakat qilish hayotingizni asraydi. — Зилзила вақтида тўғри ҳарак…
  4. Oct 6, 2026FVV mas'ul xodimlari rahbarligida Navoiy viloyatida FVDT xizmatlarining 2026–2027-yillar k…
  5. Oct 6, 2026Qizaloq va ayiqvoydan muhim tavsiyalar Siz bilgan multfilm qahramonlaridan xavfsizlikni ta…
  6. Oct 6, 2026Xavfsiz xonadon - xavfsiz hayot! Xorazm viloyati FVB tomonidan Xonqa tumanida ko‘p qavatli…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →