Farzand tarbiyasida eng muhim narsa — to'g'ri yo'l, hidoyat faqatgina Allohdan ekanligiga ishonib, shungagina suyanish.
Men u qildim, men bu qildim deb sabablargagina suyanish, o'zingizni zo'r tarbiya berayotgandek tutish katta xato.
Hammasini mukammal qiling, lekin qilib bo'lganingizdan keyin huddi hech narsa qilmagandek Allohdan so'rang.
Men yomon odam emasman, farzandim ham yomon bo'lmaydi demang.
Agar ota-onaning solihligi farzand solih bo'lishiga kifoya qilganida Nuh alayhissalomning o'g'li ham solih bo'lgan bo'lar edi.
Ota-ona sabab, lekin sababning o'zigina hammasini hal qilib qo'ymaydi.
Fazl so'rang, tavfiq so'rang, so'raylik...
Post #4117
742
Forwarded from Yo'lda
- 👍 29
- ❤ 6
- 👏 3
- 🏆 3