#sohaga_doir_hujjatlar
✅ O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ijro etuvchi tuzilmasini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni qabul qilindi. Unga ko‘ra, Vazirlar Mahkamasi ijro etuvchi tuzilmasida:
➖ O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari — ta’lim va ilm-fan vaziri lavozimi kiritildi;
➖ 12 nafar shtat birligidan iborat bo‘lgan Ta’lim, ilm-fan va sog‘liqni saqlash masalalari kotibiyati tashkil qilindi.
👉 Vazirlar Mahkamasi Ta’lim, ilm-fan va sog‘liqni saqlash masalalari kotibiyatining:
➖ 5 ta shtat birligi — Vazirlar Mahkamasining Ijtimoiy rivojlanish masalalari bo‘limi hisobidan;
➖ 7 ta shtat birligi — qayta tashkil etilgan Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining shtat birliklarini maqbullashtirish hisobidan shakllantiriladi.
👉👉 Farmonning to‘liq matni
🍃 Telegram
Post #29701
727
