AI bilan ishlashda oxirgi paytlarda menga juda qiziq tuyulayotgan muammolardan biri workslop
Masalan, kimdir ChatGPT'ga biror narsani berib, 20 soniyada 10 ta abzas matn generatsiya qiladi va sizga yuboradi. Uni yozishga deyarli vaqt ketmagan, lekin siz o'qib, nima demoqchi bo'lganini tushunishingiz, faktlarini tekshirishingiz va kerakli joylarini ajratib olishingiz uchun 10 daqiqa sarflashingiz mumkin.
Ya'ni AI uning vaqtini tejadi, lekin tejagan vaqtini sizga xarajat qilib berdi. Menimcha AI bilan ishlashdagi yangi odoblardan biri shu bo'lishi kerak: biror narsani generatsiya qila olish, uni boshqa odamga o'sha holicha yuborish mumkin degani emas. Agar men sizga uzun matn yuborayotgan bo'lsam, uni avval o'zim o'qib, kerakli qismini ajratib, imkon qadar qisqartirib berish ham mening vazifam.
Bu mavzuni yozayotganimning sababi oxirgi paytlarda buni ko'p ko'ryapman. Oddiy suhbatlarda ham odamlar javobni AI'da generatsiya qilib, deyarli o'qimasdan narigi tomonga yuboryapti. Menimcha bu yaxshi odat emas. O'zingiz 20 soniya sarflagan narsani boshqa odam 10 daqiqa o'qib chiqishini kutish, ma'lum ma'noda uning vaqtini hurmat qilmaslik.
AI yaxshi ishlatilsa ikkala tomonning ham vaqtini tejashi kerak. Faqat yuborayotgan odamnikini emas.
Post #1852
3.43K
Forwarded from Kamron Fozilov
- 👍 32
- 💯 7
- 🔥 6