Oldin bir vaqtning o‘zida bir nechta Docker container, terminallar va AI agentlarni yurgizsam, MacBook qizib, RAM tez to‘lib qolardi. Eng yomoni — macimni yopishim bilan hamma jarayon uzilardi, caffeinate umuman variantmas edi, portlab ketay deyotgandi kompyuterim. Endi esa butun og‘ir yuk VPS’da aylanadi.
Nimalarni sozladim:
• Dokploy va Docker: Serverda containerlarni boshqarish va keyinchalik loyihalarni bir joydan oson deploy qilish uchun qulay boshqaruv paneli tayyor.
• T3 Code: VPS’ga, Macimga va telefonga o‘rnatildi. Endi AI agentlar mening kompyuterimni qiynamay, serverning o‘zida kod yozadi va istalgan qurilmamdan berilgan buyruqlarni bajaradi.
• Tailscale: MacBook, iPhone va VPS bitta xavfsiz private tarmoqda. Servislarni public internetga ochib o‘tirmay, hamma joydan to‘g‘ridan to‘g‘ri xavfsiz ulanish mumkin.
Eng zo‘r qulayligi — qurilmalar o‘rtasidagi uzluksizlik. Masalan, ko‘chada ketayotganda iPhone orqali T3 Code’ni ochaman:
• Serverdagi tasklar qanday ketayotganini ko‘raman;
• Agent qayerdadir to‘xtab, savol bersa javob beraman;
• Terminal buyrug‘i yoki o‘zgarishlarga ruxsat (approval) kerak bo‘lsa tasdiqlayman;
• Yoki shunchaki yangi task berib, telefonni cho‘ntakka solib qo‘yaman.
@mabrur_dev
