Anthropic nihoyat eng kuchli modelini hammaga ochdi.
Nomi: Claude Fable 5.
Bu oddiy “yana bitta yangi model” emas. Bu — Mythos-class model. Ya’ni Anthropic’ning Opus’dan ham yuqoriroq darajadagi AI oilasi.
Lekin bitta katta “lekin” bor.
Model hammaga ochildi, ammo to‘liq kuchi bilan emas.
Fable 5 software engineering, knowledge work, vision, long tasklar va agentic coding’da juda kuchli deyishyapti. Qisqasi, katta codebase, murakkab tahlil, uzun vazifalar, app prototyping — shunaqa joylarda ancha oldinga chiqqan.
Lekin cybersecurity, biology, chemistry yoki model distillation kabi xavfli sohalarda Anthropic unga “tormoz” qo‘ygan.
Agar prompt riskli deb topilsa, Fable 5 javob bermaydi. Uning o‘rniga response Claude Opus 4.8 orqali ketadi.
Bu joyi qiziq:
AI kompaniyalar endi eng kuchli modellarni shunchaki “mana ishlataveringlar” deb chiqarmayapti.
Model qanchalik kuchaysa, access shunchalik qatlamli bo‘lyapti.
Oddiy userlarga — Fable 5, guardrail bilan.
Tekshirilgan tashkilotlarga — Mythos 5, ayrim cheklovlari olib tashlangan holatda.
Narxi ham ancha og‘ir:
$10 / 1M input token
$50 / 1M output token
Bu Opus 4.8’dan ikki baravar qimmat.
Yana bitta muhim joyi: Fable 5 va Mythos 5 trafficlari uchun 30 kunlik data retention majburiy bo‘ladi. Hatto oldin zero-retention kelishuvi bo‘lgan enterprise mijozlarda ham.
Anthropic aytishicha, bu data model training uchun ishlatilmaydi. Faqat jailbreak, yangi attacklar va false positive’larni kamaytirish uchun kerak.
Hullas, AI bozorida yangi bosqich boshlandi:
Eng kuchli modellar endi faqat “kim tezroq va aqlliroq” degani emas.
Endi savol boshqacha:
Kimga qancha kuch beriladi?
Qaysi promptga ruxsat bor?
Qaysi kompaniya safety bahonasida data retention majbur qiladi?
Va enterprise’lar bu narxni ko‘tara oladimi?
Menimcha, bu release’dan keyin frontier model access oddiy subscription emas, ko‘proq “ruxsat + limit + monitoring” formatiga o‘tib ketadi.
@mabrur_dev
Post #1781
10.4K
Mabrur | Dasturlash va AI Claude yangi Fable 5 modelini chiqardi Bu safar endi men o’qiyman, sizlar bu modelni ustunliklarini izohga yozib ketinglar. Hali o’zimam research qilib ko’rmadim ) @mabrur_dev
- 🔥 32
- 👍 8
- ❤ 5