Tez orada o’zimizdayam growth hackerlarga talab yanayam oshsa kerak. Ayniqsa startuplar ko’paygani sari bu og’riq yanayam ko’proq seziladi.
Growth hacking nima deganlarga qisqacha:
Growth hacker ko‘p yo‘nalishda ishlay oladigan, moslashuvchan va kreativ marketolog. Eng muhim narsalar - marketing vositalarini tushunish, ijtimoiy tarmoqlar, qidiruv, pullik reklama, SEO, landing page’lar, copywriting va hokazo, undan keyin branding va biznes strategiyasi. Shundan so‘ng bu vositalarni biznes maqsadlariga erishish uchun qo‘llash, lekin faqat “marketing” bilan cheklab qo‘ymaslik — boshqa jamoalardagi ekspertlardan ham o‘sish uchun foydalanish.
Bu nimani anglatadi?
Masalan, biz bu yil 10,000 ta foydalanuvchi qo‘shishimiz kerak. Oddiy marketolog aytadi: “Yaxshi, $20,000 reklama uchun sarflaymiz, to‘liq funnel quramiz va shu orqali foydalanuvchi olib kelamiz.” Bir xil yo‘lni takrorlaydi — ishlasa ishlaydi, ishlamasa yo‘q.
Growth hacker esa boshqacha o‘ylaydi. Avval kompaniyani tahlil qiladi va tez natija beradigan imkoniyatlarni topadi:
Sotuv jamoamiz LinkedIn’da faolmi? Allaqachon traction bormi? Zo‘r — ular bilan webinarlar qilamiz va tarqatamiz.
CEO allaqachon PR orqali mashhurmi yoki kuchli network’ga egami? Demak, shu kuchni awareness kampaniya bilan birlashtiramiz.
Mijozlarimiz fizik tadbirlarda yig‘iladimi? Balki reklama budjetining bir qismini QR-kodli offline materiallarga sarflab, maxsus landing page’ga olib kelamiz.
Ya’ni growth hacking — bu ko‘p savol berish, “hamma qilayotgan yo‘l eng to‘g‘risi” degan fikrga ko‘r-ko‘rona ishonmaslik. Ko‘pincha bu marketingdan tashqaridagi katta jamoani ham jalb qiladigan, bir nechta yo‘nalishdan iborat strategiyalarni yaratishda paydo bo’ladi.
To‘g‘ri qilinsa — natijalar arzonroq, samaraliroq va masshtablanadigan bo‘ladi.
@mabrur_dev
Post #1739
4.02K
- 🔥 19
- ❤ 7
- 👍 7
- 👨💻 1