Ko‘pchilik Claude Code'ga "remote control" qo‘shilgani haqida yozyapti:
https://x.com/claudeai/status/2026418433911603668?s=46
Bu juda yaxshi yangilik, endi telefondan turib sessiyani boshqarish qulaylashdi. Lekin men o‘zim anchadan beri bu va shunga o‘xshash ishlarni Tailscale orqali qilaman
Tailscale nima?
Soddaroq aytganda bu – qurilmalaringiz (kompyuter, telefon, server) qayerda bo‘lishidan qat’i nazar, ularni xuddi bitta uy Wi-Fi tarmog‘iga ulangandek o‘zaro xavfsiz bog‘lab beradigan shaxsiy VPN
Hozir uydagi barcha qurilmalarimni Tailscale’ga bog‘lab qo‘yganman, qayerda bo‘lsam ham istalganiga bemalol kira olaman
—
Bu postni yozayotganimda yana bir xabar ko'rib qoldim. Claude tinmayabdi. Xullas endi kodda yozgan prototipingizni to‘g‘ridan-to‘g‘ri Figmaga "push" qilib yuborsa bo'larkan. Odatda biz avval dizayn chizib, keyin kodga o'giramiz. Endi shu teskarisiga ishlaydi :)
Buni qanday foydasi bor? Masalan kodda logikani tez yig‘ib olib, uning vizual ko‘rinishini va har xil versiyalarini Figmada bemalol o‘zgartirib, eksperiment qilish mumkin bo'ladi
Dizaynerlarga salom ))
https://x.com/claudeai/status/2024148286844649887
@kamrondev
Post #1700
3.99K