Chetdan pochtam kelishi kerak edi, anchadan beri kutayotgandim. Yo'lda nimadir bo'lgan bo'lsa kerak, cho'zilib ketdi deb turgandim shu kunlarda.
Bugun telefon qilib pochtadanmiz, karobkadagi shtrix kod va ma'lumotlarga zarar yetipti, qaytadan kiritishimiz uchun sizga borgan zakaz kodini ayting deyishdi. Qarasam uzum marketdan keldi, kirish kodi. Hech kimga berma deb katta qilib yozib qo'ygan. Moshenikligini sezib qoldim va gaplashishga harakat qildim, odatda mosheniklar urishib tezda qo'yib qo'yardi, lekin bu bilan 10 minutdan ko'p gaplashdik, pochtamni rasmini yuborishni so'radim, rasmiy qandaydir raqamdan telefon qilishni so'radim, hullas oxiri ishonishni boshladim rostan pochtadan ekanligiga.
Lox bo'lib kodni aytdim... va backgroundda ruschada Vadim mygoviga kir, davay kredit ovoramiz nimadirlar qilamiz deb qo'yib qo'ydi va orqasidan yana bir fonda kiberhujum aniqlandi, sizga kiberxavfsizlikdan telefon qilishadi kuting dedi.
Hullas sezdim lox bo'lganimni, tezda uzum market supportga barcha aktiv seanslarimdan chiqarib yuborishlarini so'rab yozdim, link berishdi hech qanday shubhali seans ko'rinmadi. Har ehtimolga qarshi hamma seanslarni chopib tashladim, lekin nimagadir haliyam uzum market akkauntlarimga kirolyabman, supportga shunaqa bo'lyapti, akkauntimga haliyam dostupim borakan deb yozsam, ana kirolyapsizakanu akkauntizga deb murojaatimga "qo'yib qo'ydi".
Keyin telegramdan mygovuz degan akkaunt sherigi telefon qilib, kiberxavfsizlikdanmiz, akkauntizni xavfsizligini to'g'irlashimiz kerak deb gapni boshladi. Mosheniksan deb gaplashib turdim, sud prokuratura bilan tahdid qilib o'tirdi, aytishnik bo'lib turib kodniyam aytasanmi deb yaraga tuz sepdi, u bilanam ancha gaplashib, tahdidlarini eshitib qo'yib qo'ydim
Uzum marketdan aktiv seanslarni chopib tashladim.
Yaqinda bo'lgan utechka havotirga solib yurgandi o'zi, shu sabab har ehtimolga qarshi mygov parolimni yangilab qo'ydim va seanslarni tekshirib qo'ydim.
Yana nimadir qilishim kerakmi, bilguvchilar bo'lsa tekshirib chiqaman.
Post #1693
11.2K
- 🔥 39
- 😁 28
- ❤ 8
- 👍 7
- 👏 2