TGViewer
Mabrur | Dasturlash va AI Mabrur | Dasturlash va AI @mabrur_dev · 4.96K subscribers
Post #1587 3.94K
Startup qildim va Qatardagi plyajlarda dam olib yuribman 🤡

Founder startupiga $100K ko'targanini e'lon qildi. Yaqinlari tabriklayapti, boshqalar uni hashamatli hayotga qadam qo'yganiga ishonishyapti. Aslida esa, hammasi teskari.

Investitsiya olish degani qo'shimcha majburiyat va ma'suliyat degani. Endi sizda investorlar bor, ular startupingizni bir qismiga egalik qilishadi. Ular foyda kutadi, doimiy hisobotlar kutadi va ko'proq ishlashingizni talab qilishadi. O'zingizga esa tuzukroq oylik ham yozolmaysiz.

Siz ertalab 5:00 da uyg'onib ketasiz, discipline tufayli emas, kecha 12 gacha kodingizni kovlab o'tirgansiz va miyangiz shunchaki o'chmagan, uyqu paytidayam haliyam o'sha muammo haqida o'ylab chiqqani tufayli.

Turiboq yana coding qilasiz, yana ishga kirishib ketasiz. Kelgan xabarlarni tekshirasiz. Meetinglar, ko'proq emaillar, shikoyatlar, marketing va kontent qilish haqida bosh qotirasiz.

Kechgi soat 11 da yana ishlashni to'xtatasiz va uxlashga ketasiz. Lekin miyangiz haliyam o'chmagan bo'ladi, ertangi g'oyalar haqida o'ylab chiqadi. 1 soatdan keyin ishlayman deysizda kompyuteringizni ochib ertangi rejalarni yozib chiqasiz.

Bu deyarli barcha startup qurayotganlarni kun tartibi. Foydaga chiqquncha yoki yaxshigina profit bilan exit qilguningizgacha hech qanaqa plyaj, hech qanaqa mashinalar va hashamatli hayot yo'q. Siz bomjsiz )
  • 👨‍💻 41
  • 👍 13
  • 😁 9
  • 🔥 3
  • 👎 1
More from @mabrur_dev
  1. Oct 9, 2026Elevenlabs V4 - Professional Voice Cloning
  2. Oct 5, 2026Claude bilan o'tirib ishim uchun kerakli xitoycha modellar bo'yicha research qilgandim, sh…
  3. Oct 4, 2026Nomi g'alati eshitilishi mumkin, lekin jev ustiga yaxshi tool yasashibdi. Ayniqsa minglab…
  4. Oct 4, 2026Efirda tanaffus ) Ko'chadagi havoga shu ketadiyu, nima deysilar 😅
  5. Oct 3, 2026Do'stlarimiz yangi platformaga asos solishibdi. Platformada siz SAT imtihonlariga tayyorla…
  6. Oct 1, 2026Men anchadan beri birga ishlaydigan kompaniyam founderi YouTube’da juda yaxshi podcastlar…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →