TGViewer
Mabrur | Dasturlash va AI Mabrur | Dasturlash va AI @mabrur_dev · 4.97K subscribers
Post #1553 2.25K
Anchadan beri bitta loyiha ustida bosh qotirayotgandim
(AI-ga asoslangan moliya nazoratchisi).

Bilaman, "bunaqa applar tiqilib yotibdi-ku" deysiz.

Lekin keling, bir narsani tan olaylik. Ko'p applarda jarayon interaktiv emas. Siz u yerga xarajatlaringizni yozasiz, oy oxirida ochib qaraysiz, "Hmm, yomon, shu oy ham ko'p ishlatibman" deysiz... va ilovani yopasiz. Hech narsa o'zgarmaydi.

Wally esa sizning shaxsiy, "roast" (taniqd) qilishni yoqtiradigan moliaviy do'stingiz.

Tasavvur qiling, "Kofe 40 ming" deb yozasiz. Wally sizga: Ey, yana kofemi? Shu kofeing sani millioner qiladi deb o'ylisanmi? ☕️ deydi.

Bu shunchaki "hisobot" emas. Bu - emotsional reaksiya. Bu sizni o'ylashga majbur qiladi. Moliyaviy nazoratdek zerikarli jarayonni o'yinga aylantiradi.

Asosiy targetim - Gen-Z. Chunki biz (ha, men ham) zerikarli "dashboard"larni ochib, analitika tomosha qilishni yomon ko'ramiz. Bizga do'stimizdek gap otadigan, ustimizdan kuladigan va shu bilan birga to'g'ri yo'lga soladigan AI qiziq.

Siz harajat yozganda bot nima deb "gap otishini" kutib turadigan bo'lasiz 😄

Yana bir misol: Fast food 30000
Wally: Brooo, yana 'burger'mi? 🍔 O'tgan oy 'sportzal'ga 0 so'm ishlatding. Bu ketishda 'kapital'ing faqat qorningda o'sadi, javob.

Eng muhimi, Wally shunchaki "roast" qilmaydi. U ChatGPT kabi aqlli. U bilan istalgan mavzuda suhbatlashasiz, maslahat so'raysiz, bu hafta nimaga pulim buncha ko'p ketdi deysiz, sayohatga pul tejamoqchiman nima qilay deb yozasiz. Faqat u ma'lumotni osmondan olmaydi, aynan sizning odatlaringiz va xarajatlaringizdan kelib chiqib, tabiiy tilda maslahat beradi.
  • 🔥 24
  • 😁 6
  • ❤ 2
  • 👎 2
  • 👏 2
More from @mabrur_dev
  1. Oct 9, 2026Elevenlabs V4 - Professional Voice Cloning
  2. Oct 5, 2026Claude bilan o'tirib ishim uchun kerakli xitoycha modellar bo'yicha research qilgandim, sh…
  3. Oct 4, 2026Nomi g'alati eshitilishi mumkin, lekin jev ustiga yaxshi tool yasashibdi. Ayniqsa minglab…
  4. Oct 4, 2026Efirda tanaffus ) Ko'chadagi havoga shu ketadiyu, nima deysilar 😅
  5. Oct 3, 2026Do'stlarimiz yangi platformaga asos solishibdi. Platformada siz SAT imtihonlariga tayyorla…
  6. Oct 1, 2026Men anchadan beri birga ishlaydigan kompaniyam founderi YouTube’da juda yaxshi podcastlar…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →