TGViewer
Mabrur | Dasturlash va AI Mabrur | Dasturlash va AI @mabrur_dev · 4.96K subscribers
Post #1542 1.78K
Mabrur | Dasturlash va AI Sun'iy Intellekt o'smirlarni aqlliroq qilyapti... lekin bu aql ancha "yuzakiroq"😐 Oxford University Press'ning yangi tadqiqoti qiziq holatni ko'rsatdi: Britaniyadagi 10 ta maktab o'quvchisidan 8 tasi dars qilishda allaqachon AI'dan foydalanar ekan. Ular…
Bu holatni qanday o'zgartirish mumkin? Ta'lim endi qanday bo'lishi kerak?

Mening gipotezam: Muammo AI'da emas. Muammo biz unga berayotgan vazifalarda.

Dasturchi Stack Overflow'dan shunchaki kodni copy-paste qilsa, u hech qachon o'rganmaydi. Bu ham xuddi shu holat. AI - bu shunchaki juda kuchli "kalkulyator". Biz kalkulyatorlarni ta'qiqlamadik, biz ulardan foydalanishni o'rgatdik.

Ta'lim tizimini o'zgartirish uchun nima qilish kerak deb o'ylayman:

Vazifalarni o'zgartirish kerak. "Referat yozib kel" degan vazifaning o'zi eskirgan. Odamlar baribir buni AI bilan qiladi. Endi vazifa boshqacha bo'lishi kerak: "AI yordamida referat yoz, lekin undagi 3 ta xatoni topib, faktlar bilan isbotlab ber" yoki "AI taklif qilgan 2 ta yechimdan qaysi biri optimal ekanligini tushuntir".

O'quvchi mavzu bo'yicha AI bilan to'liq tayyorlanib keladi, lekin baholash referat yoki yozma ish uchun emas, o'quvchi o'z faktlarini va javoblarini qanchalik oqlay oladi va og'zaki himoyalay oladi, shunga qarab berilishi kerak.

AI'ni "savol-javob" uchun emas, "simulyator" sifatida ishlatish. AI'dan "javob nima?" deb so'rashni to'xtatib, undan "aqlli sparring-hamkor" sifatida foydalanish kerak. O'quvchi AI'ga o'z yechimini aytib, AI'dan uni tanqid qilishni yoki"zaif tomonlarini ko'rsatishni so'rashi kerak.

Fokus generatsiyadan validatsiyaga o'tishi kerak. Ma'lumotni yaratish endi qimmat emas. Ma'lumotni tekshirish va tasdiqlash eng qimmat ko'nikmaga aylanadi. Biz o'quvchilarga bo'sh varaqdan yozishni emas, tayyor ma'lumotning qanchalik to'g'ri ekanligini aniqlashni o'rgatishimiz kerak.

Xullas, ta'lim tizimi AI'ga qarshi kurashishdan ko'ra, AI bilan samarali ishlashni o'rgatishi kerak. Menimcha ta'lim endi informatsiya emas, ko'proq interpretatsiyaga bog'lanadigan davrdamiz.

Siz nima deysiz, kelajakda "tanqidiy fikrlash"ni qanday saqlab qolamiz, fikrlar bormi?

@mabrur_dev
  • 👍 21
  • 🔥 1
More from @mabrur_dev
  1. Oct 9, 2026Elevenlabs V4 - Professional Voice Cloning
  2. Oct 5, 2026Claude bilan o'tirib ishim uchun kerakli xitoycha modellar bo'yicha research qilgandim, sh…
  3. Oct 4, 2026Nomi g'alati eshitilishi mumkin, lekin jev ustiga yaxshi tool yasashibdi. Ayniqsa minglab…
  4. Oct 4, 2026Efirda tanaffus ) Ko'chadagi havoga shu ketadiyu, nima deysilar 😅
  5. Oct 3, 2026Do'stlarimiz yangi platformaga asos solishibdi. Platformada siz SAT imtihonlariga tayyorla…
  6. Oct 1, 2026Men anchadan beri birga ishlaydigan kompaniyam founderi YouTube’da juda yaxshi podcastlar…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →