Sun'iy Intellekt o'smirlarni aqlliroq qilyapti... lekin bu aql ancha "yuzakiroq"😐
Oxford University Press'ning yangi tadqiqoti qiziq holatni ko'rsatdi: Britaniyadagi 10 ta maktab o'quvchisidan 8 tasi dars qilishda allaqachon AI'dan foydalanar ekan.
Ular masalalarni tezroq yechyapti, referatlarni bir zumda tayyorlayapti va "mashinalar bilan birga fikrlayapti". Bu xuddi "superkuch"ga o'xshaydi.
Lekin bitta "lekin"i bor: ChatGPT'ga kirishni o'chirsangiz, bu "superkuch" ham o'chib qoladi.
60% o'quvchi AI ularning ko'nikmalariga zarar yetkazayotganini tan olgan.
25% uchun o'qish "haddan tashqari oson" bo'lib qolgan.
Har o'ninchisi esa deyarli critical thinkingni to'xtatganini aytgan.
Post #1541
1.85K
- 👍 10