TGViewer
Mabrur | Dasturlash va AI Mabrur | Dasturlash va AI @mabrur_dev · 4.96K subscribers
Post #1539 6.24K
💥 Hayotimdagi eng qimmatga tushgan 𝐧𝐩𝐦 𝐬𝐭𝐚𝐫𝐭.

Taxminan bir oy oldin LinkedIn'dan bir HR yozib qoldi. Profiliga qaraganda hamma narsa joyida edi: rasmi bor, o‘zi haqida aniq yozgan, 500 ga yaqin "connection"lari bor, hatto orasida men shaxsan taniydigan odamlar ham bor ekan.

U Web3 bo‘yicha ish taklif qildi: to‘liq masofaviy, talablari uncha ko‘p emas, "stack"imga ham rosa mos tushardi. Xuddi osmondan tushgandek, orzuyingdagidek takliflardan biri edi-da.

CV'mni jo‘natdim. Deyarli darhol javob keldi: “Zo‘r! Test topshirig‘ini hoziroq boshlayvering.”

Biroz g‘alati tuyuldi: na intervyu bor, na suhbat. Shunchaki "testni qiling". Lekin topshiriq oddiy edi: kichkina proyektni bir ko‘rib chiqish. Xullas, reponi "clone" qildim, o‘zimda ishga tushirdim... va ortiqcha o‘ylab ham o‘tirmadim.

⏳ Bir necha soatdan keyin kripto hamyonimni ochsam... dong qotib qoldim. Balansda deyarli pul qolmagandi.

Hech qanaqa fishing ssilka bosmadim. Soxta saytlarga kirmadim. Shubxali "approve" (tasdiqlash) bermadim. Shunchaki... hammasi yo‘q bo‘lib qoldi.

Tun bo‘yi kodni titkilab chiqib, axiyri sababini topdim. Gap shundaki, proyekt ichida zararli "dependency" (bog‘liqlik) bor ekan. U ishga tushishi bilan yashirin skript ham avtomatik ishlab ketgan. U "environment variables", hamyon ma’lumotlari, sessiya tokenlarini bildirmasdan yig‘ib, begona serverga jo‘natib yuborgan.

O‘sha soniya menga $25,000 ga tushdi va ishlash uslubimni butunlay o‘zgartirib yubordi.

🧠 O‘shandan beri: • Notanish proyektlarni faqat Docker yoki virtual mashinada (VM) ishga tushiradigan bo‘ldim. • npm install qilishdan oldin har bir "dependency"ni obdon tekshiraman. • Asosiy pulimning hammasi Ledger'da (sovuq hamyonda) turadi.

Chunki dasturchi xavfsizligi bu shunchaki kuchli parol yoki VPN ishlatish degani emas. Ba’zan hammasi bitta kichkina qarorga — npm start tugmasini bosish yoki bosmaslikka bog‘liq bo‘lib qolar ekan.

💬 $25 ming yo‘qotish alamli. Lekin har doim ishimning oddiy bir qismi deb hisoblagan narsamga bo‘lgan ishonchni yo‘qotish undan ham og‘irroq ekan.

Agar siz ham Web3 sohasida ishlasangiz yoki hamyonlar bilan integratsiya qilsangiz, iltimos, mening xatoimni takrorlamang.

(c) Daria Kazantceva

@mabrur_dev
  • 👍 31
  • ❤ 8
  • 🔥 2
More from @mabrur_dev
  1. Oct 9, 2026Elevenlabs V4 - Professional Voice Cloning
  2. Oct 5, 2026Claude bilan o'tirib ishim uchun kerakli xitoycha modellar bo'yicha research qilgandim, sh…
  3. Oct 4, 2026Nomi g'alati eshitilishi mumkin, lekin jev ustiga yaxshi tool yasashibdi. Ayniqsa minglab…
  4. Oct 4, 2026Efirda tanaffus ) Ko'chadagi havoga shu ketadiyu, nima deysilar 😅
  5. Oct 3, 2026Do'stlarimiz yangi platformaga asos solishibdi. Platformada siz SAT imtihonlariga tayyorla…
  6. Oct 1, 2026Men anchadan beri birga ishlaydigan kompaniyam founderi YouTube’da juda yaxshi podcastlar…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →